Qarori o‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘G‘risida


Download 326.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi326.3 Kb.
#199527
  1   2   3   4


18.01.2021

https://lex.uz/acts/-4084936

https://lex.uz/acts/-4084936

1/7


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-

TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Mamlakatimizda  suv  xo‘jaligi  obyektlarining  holatini  yaxshilash,  suvdan  oqilona  foydalanish,  shuningdek,  uning  hududiy

ta’minotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi  kunda  mavjud  suv  xo‘jaligi  obyektlarining  miqdori,  kanallar  uzunligi  va  suv  resurslarini  taqsimlash  maydonlari  suv

resurslarini oqilona boshqarishga alohida yondashuvni shakllantirishni talab qiladi.

Shu bilan birga, hozirda mavjud vaziyat suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ustidan tezkor nazorat tizimini yaratish, ularni o‘z

vaqtida  rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilish,  shuningdek,  mazkur  sohada  loyiha  va  qurilish-montaj  ishlarini  yaxshilash  bo‘yicha

choralar qabul qilinishini taqozo etadi.

Suv  xo‘jaligi  sohasida  davlat  boshqaruvi  samaradorligini  oshirish,  shuningdek,  suv  xo‘jaligi  obyektlari  holatini  yaxshilashda

ta’sirchan tizimni yaratish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik

holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga berilsin.

Belgilansinki,  Katta  va  alohida  muhim  suv  xo‘jaligi  obyektlarining  texnik  holatini  hamda  bexatar  ishlashini  nazorat  qilish  davlat

inspeksiyasi mavjud shtat birligi va moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy

rag‘batlantirish tartibi saqlangan holda o‘tkaziladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida umumiy shtat birligi doirasida quyidagi boshqarmalar tashkil etilsin:

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Surxondaryo” magistral tizimi;

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimlari.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Suv  xo‘jaligi  vazirligi,  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish

davlat  qo‘mitasining  Suv  xo‘jaligi  vazirligini  davlat  nomidan  “O‘zGIP”  MChJ  ishtirokchisi  funksiyalarini  amalga  oshiruvchi  organ  qilib

belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 

ilovaga


 muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:

O‘zbekiston  Respublikasi  Suv  xo‘jaligi  vazirligi  huzuridagi  Katta  va  alohida  muhim  suv  xo‘jaligi  obyektlarining  texnik  holatini

hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning yangilangan loyihasini;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  A.N.  Aripov,  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.




18.01.2021

https://lex.uz/acts/-4084936

https://lex.uz/acts/-4084936

2/7



Download 326.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling