Qarori umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 51.61 Kb.
|
Davlat ta`lim standartlari maktablarda yangisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Matematika
8. Iqtisodiy bilim asoslari
O‘quvchilar iqtisodiy bilim asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: — asosiy iqtisodiy qonuniyatlar, tushuncha va atamalarni bilish, ularning mohiyatini tushunish; — marketing, talab va taklif haqida bilimga ega bo‘lish; — tadbirkorlik va raqobat haqida fikr yurita olish; — mehnat munosabatlari va ish haqi haqida tushunchaga ega bo‘lish; — soliq tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lish; — mulk va mulkiy munosabatlarni bilish; — pul, narx, moliya, davlat budjeti va bank faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish; — marketing va menejment faoliyatini bilish; — oila xo‘jaligini yuritishning umumiy qoidalarini, oila budjetini shakllantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish; — bozor sharoitida (shahar va qishloq sharoitidagi) oilalarning iqtisodiy aloqalarini taqqoslay olish; — iste’mol tovarlari reklamasi tahlilini bilish; — maktab xo‘jaligini yuritish mexanizmini tushuntira olish; — tadbirkorlik turlarini (ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy) bilish; — Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish; — O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish; — O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki tushunchalarini bilish; — bozor va uning turlarini bilish; — ijtimoiy foydali va unumli mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lish. 9. Matematika O‘quvchilar matematikaga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: — natural, butun, ratsional va haqiqiy sonlar haqida tushunchaga ega bo‘lish va ularga oid hisoblashlarni bajara olish; — sonlarning o‘rta arifmetigi, nisbat, proporsiya va foizlarni bilish, ularni qo‘llay olish; — sonli va harfiy ifodalar haqida tasavvurga ega bo‘lish; — buyuk allomalarimiz va ularning matematika rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; — formulalar yordamida hisoblashlarni bajara olish; — tenglama, uning ildizi tushunchalarining ma’nosini bilish; — chiziqli va kvadrat tenglamalar, ikki noma’lumli tenglamalar sistemasini echa olish; — son o‘qida va koordinata tekisligida nuqtani ifodalay olish; — ikki nuqta orasidagi masofani topa olish; — grafik va diagrammalar chiza olish; — algebraik ifodalarning son qiymatini topa olish; — ko‘phadlar ustida arifmetik amallarni bajara olish va ularni standart ko‘rinishga keltira olish; — qisqa ko‘paytirish ayniyatlarini bilish va qo‘llay olish; — daraja qatnashgan kasr va ifodalar ustida amallarni bajara olish; — bir noma’lumli tengsizliklarni echa olish; — arifmetik va geometrik progressiyalarni bilish, ularning istalgan hadini va hadlar yig‘indisini hisoblay olish; — asosiy trigonometrik funksiyalarning grafigi va xossalarini, asosiy trigonometrik ayniyatlarni bilish va qo‘llay olish; — algebraik formulalar va hisoblashlarga oid masalalarni echa olish; — asosiy geometrik figuralar va sodda geometrik jismlarga oid tushuncha va atamalarni bilish; — chizmachilik asboblari yordamida geometrik figuralarni tekislikda tasvirlay olish; — yassi geometrik figuralar va geometrik munosabatlar haqidagi tartibga solingan ma’lumotga ega bo‘lish; — geometrik masalalarni echa olish; — geometriya kursidan olingan bilimlarni ijtimoiy hayotda qo‘llay olish. Download 51.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling