Qarori umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 51.61 Kb.
|
Davlat ta`lim standartlari maktablarda yangisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. Biologiya
12. Kimyo
O‘quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: — modda, uning tarkibi, tuzilishi, xossalari, tarkibini bilish; — kimyoviy element va ularning birikmadagi valentligini hamda kimyoviy formulani tuza bilish; — kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom-molekulyar ta’limotni bilish; — anorganik birikmalarning eng muhim birikmalari tarkibi, xossalari va qo‘llanilishini bilish; — kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini bilish; — kimyoviy bog‘lanish turlarini bilish; — kimyoviy reaksiyadagi asosiy qonuniyatlarni anglash; — kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifini bilish; — kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiatsiyalanishini yoza olish; — ion almashinish tenglamalarini yoza olish; — metall va metallmaslarning ayrim vakillari xossalari va qo‘llanishini bilish; — buyuk allomalarimiz va ularning kimyo rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; — O‘zbekistonda olinadigan kimyoviy xomashyolar va ularning mohiyatini anglash; — organik moddalarning tuzilish nazariyasini tushuntira olish; — organik birikmalarning xossalari va qo‘llanilishini tushuntira olish; — anorganik va organik kimyoga oid masalalar echa olish; — polimyerlarning xossalari va qo‘llanilishini tushuntira olish; — kimyoviy reaktivlar va jihozlardan foydalana olish; — kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni, kimyoviy moddalardan foydalanishni ekologik nuqtai nazardan tushuntira olish. 13. Biologiya O‘quvchilar biologiya asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: — botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya kurslari mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va nazariyalarni bilish; — tirik organizmlar turli-tumanligini bilish; — o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi, vegetativ ko‘payishi, guli, meva va urug‘lari, o‘simlik organlarining atrof muhit bilan bog‘liqligi, o‘simliklar sistemasi, o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, o‘simliklar olamining rivojlanishi, o‘simliklar qoplami, manzarali o‘simliklar haqida bilimga ega bo‘lish; — tur, urug‘, oila, turkum, sinf, tip to‘g‘risidagi asosiy taksonomik tushunchalarni bilish; — hayvonlarning hujayraviy tuzilishini bilish; — hayvonlarning asosiy organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish; — asosiy sistematik guruhlarni bilish; — organizmlarning hayot va faoliyat jarayonlari (oziqlanishi, nafas olishi, modda va energiya almashinuvi, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi)ni bilish va idrok etish; — tirik organizmlarning umumiy belgilari, tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni tushuntira olish; — organizmlar, turlar, tabiiy sistemalarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishning zarurligini bilish va unga amal qila olish; — odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish; — odamning paydo bo‘lishi, ko‘payishi va rivojlanishini tavsiflay olish; — tsitologiya va genetika asoslari bo‘yicha umumiy ma’lumotga ega bo‘lish; — O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanish tarixini bilish; — biologiyaga oid bilimlardan qishloq xo‘jaligi ishlarida foydalana olish. Download 51.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling