Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida


-bob. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini tashkil etish


Download 359.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi359.83 Kb.
#1600181
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
646 12.10.2020

2-bob. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini tashkil etish 
tartibi
5. Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar 
soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori), baholash mezonlari, test sinovining o‘tkazilishi muddatlari, 
shuningdek, talabgor tomonidan to‘ldiriladigan ariza shakli Davlat test markazi tomonidan 
tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 
6. Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abituriyentlar 
ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tadi. 
7. Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda 
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) 
yoki ID kartasi;
3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik 
to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat 
qilganda). 
Talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi. 
Talabgor to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng u ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazi 
bilan ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. 
Qayd etilgan hujjatlardan birortasi mavjud bo‘lmasa, tizim hujjatlarni qabul qilishni rad 
etadi. 
Talabgor haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga talabgorning o‘zi shaxsan javobgar 
hisoblanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
8. Davlat test markazi tomonidan talabgor to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar 
maxfiyligi ta’minlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi 


organlar va sud tomonidan rasmiy murojaat bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchilar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 
9. Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
Test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin e’lon 
qilinadi. 
Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotga o‘zining shaxsiy 
kabineti orqali ega bo‘ladi.
10. Talabgorning test sinovida belgilangan o‘tirish o‘rni Davlat test markazi tomonidan 
qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 
11. Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin. 
Test sinovi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi a’zolari va 
kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkaziladi. 
Imtihon komissiyasi yozma yoki og‘zaki test sinovlari belgilanganda shakllantiriladi.
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, 
unga Davlat test markazi xodimlari va tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar kiritiladi.
Test sinovi tegishli dasturiy ta’minot asosida kompyuterda o‘tkazilganda bilimni 
baholashning barcha bo‘limlari qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
12. Test sinovi Davlat test markazi mas’ul xodimining rahbarligida va kuzatuvida 
o‘tkaziladi.
Test sinovlari maxsus jihozlangan, videokuzatuv bilan ta’minlangan holda Davlat test 
markazi vakilining nazorati ostida onlayn o‘tkazilishi mumkin. 
Test sinovi vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor o‘tiradi. Test sinovini o‘tkazish 
jarayoni doimiy videotasvirga olinadi.
13. Test sinovini o‘tkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
14. Test sinoviga jalb etilgan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar bilan 
shartnoma tuziladi.
15. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida video qayd etish qurilmalari orqali 
tekshirishdan o‘tgach test sinoviga qo‘yiladi. 
16. Test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar
telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Test sinovini o‘tkazish 
jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, 
savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga 
ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishni davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish 
taqiqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor sinovdan dalolatnoma bilan chetlashtiriladi. 
Chetlashtirish dalolatnomasi imtihon komissiyasi raisi va Davlat test markazining test sinovini 
kuzatib boruvchi mas’ul xodimi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Chetlashtirish dalolatnomasi natijalarning hisoblanmasligiga asos bo‘ladi. 
17. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan 
kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Download 359.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling