Qarori xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 47.7 Kb.
bet1/9
Sana27.12.2022
Hajmi47.7 Kb.
#1068981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2022 yil 425-qaror


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
XALQ TA’LIMI VAZIRI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, xalq ta’limi tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan malakali pedagog kadrlarning mehnatini rag‘batlantirish hamda o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga va xalq orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmonining 12-bandiga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yuridik shaxs bo‘lmagan Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022-yilda Jamg‘armaga Davlat budjetidan 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Belgilansinki, Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama to‘lash;
xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan ilg‘or xodimlarga bir martalik pul mukofotini to‘lash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini to‘lash;
malakali pedagog kadrlar va ilg‘or xodimlarni saralash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash. Bunda ushbu maqsadlarga Jamg‘arma daromadlarining 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini yo‘naltirishga ruxsat etiladi;
pedagoglarga ilg‘or o‘qitish metodikalari va innovatsiyalarga o‘rgatish tizimini yulga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan metodik guruhlar faolyatini tashkil etish bilan bog‘lik bo‘lgan xarajatlarini qoplash shu jumladan, ushbu guruhlar tarkibiga jalb etilgan mutaxassislarni rag‘bantlarntirish;
ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi;
ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni tanlab olishning bosqichlari, mezonlari va tartibi;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama, shuningdek, xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan ilg‘or xodimlarga bir martalik pul mukofotini to‘lash mezonlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.

Download 47.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling