Qarori xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Bosqichlar Subyektlar


Download 47.7 Kb.
bet8/9
Sana27.12.2022
Hajmi47.7 Kb.
#1068981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2022 yil 425-qaror

Bosqichlar




Subyektlar




Tadbirlar




Bajarish muddatlari































1-bosqich




Maktab




Maktab pedagogik kengash qarori, direktorning buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish bo‘yicha maktab huzurida Ishchi guruh tasdiqlanadi.




Doimo, har yangi o‘quv yili boshlangunga qadar































2-bosqich




Ishchi guruh




1. Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda kutubxona xodimlarini faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida o‘rganib chiqib baholaydi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.




Har yili 1-iyulga qadar







2. Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
3. Umumta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga ko‘ra moddiy yordam belgilaydi.




Mukofotlash lozim bo‘lgan davrda murojaatga asosan






















3-bosqich




Maktab




1. Ishchi guruhning qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.
2. Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joydagi axborotlar stendi hamda maktabning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.




Doimo































4-bosqich




Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi




Ishchi guruhning qarorlari asosida qabul qilingan maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalarni, mukofot va moddiy yordam pullarini to‘lab beradi.




Doimo




























”.

7. Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida:
a) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova (Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida nizom)da:
2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plagan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) hamda 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga eng yuqori ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi”;
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Jamg‘arma mablag‘lari tashkilotlarning “4001” mablag‘lar manbasi bo‘yicha tegishli g‘aznachilik shaxsiy hisobvarag‘ida shakllantirilib, barcha xarajatlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Vazirliklar va idoralar xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning ro‘yxati hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari o‘rtasidagi muvofiqlik jadvali asosida tizimlaridagi xodimlarga ustamalar belgilash uchun har yili o‘zlariga taalluqli bo‘lgan sertifikatlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini sifatida berilgan pul mukofotlari tanlovning belgilangan bosqichi yakunlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida g‘olib maktabning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
G‘olib maktabning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:
tanlov shartlariga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qo‘shgan hamda o‘quvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;
tanlovda qatnashib yuqori natijalar ko‘rsatgan terma jamoa a’zolari bo‘lgan o‘quvchilarni esdalik sovg‘alar yoki naqd pul shaklida rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;
maktabning boshqa ehtiyojlari, jumladan, tanlovning keyingi bosqichiga tayyorgarlik uchun zarur xarajatlar, xorijiy tillarni o‘qitishni yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktab kutubxonasini xorijiy tildagi ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarning xorijiy tilda tinglab tushunish ko‘nikmalarini baholashga ko‘maklashuvchi texnik vositalar bilan fan kabinetlarini jihozlash uchun — mukofot summasining qolgan qismi.
Terma jamoa a’zolariga bir xil qiymatdagi sovg‘alar ajratiladi yoki mukofot summasi jamoa a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi”;
b) 2-ilovaning 3, 6 va 9-pozitsiyalaridagi “50 foizdan kam bo‘lganda” so‘zlari “50 foiz va undan kam bo‘lganda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarorida:
a) 1-ilova (Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom)da:
4-banddan “ta’lim jarayoniga moslashish darajasiga qarab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aqliy rivojlanishi o‘ta zaif bolalar”;
27-banddan “nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan bog‘liq bola rivojlanishining o‘ziga xosliklarini bartaraf etish ishlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tyutorlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi to‘lanadi”;
40-bandning birinchi xatboshisidan “psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va korreksiyalashga ko‘maklashish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
44-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Kengash yig‘ilishlariga o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin”;
b) 2-ilova (Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risida nizom)da:
12-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun” so‘zlaridan keyin ““Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun” so‘zlaridan keyin ““Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
45-bandda:
“ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun” so‘zlaridan keyin “Nurli maskan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“faqat ko‘rishi sog‘lom” so‘zlari chiqarib tashlansin;
46-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun” so‘zlaridan keyin “Nurli maskan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin;
“Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasiga asosan ko‘zi ojiz mutaxassis kotib ajratilishi mumkin. Ushbu xodimga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi to‘lanadi”.
v) 4-ilova (Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risida nizom)ning 33-bandidan “soatbay” so‘zi chiqarib tashlansin;
g) 7-ilova (Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi va kasb egallashiga ko‘maklashishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi)da:
1-pozitsiyadagi “Sh. Shermatov” so‘zi “B. Saidov” so‘ziga almashtirilsin;
8-pozitsiyadagi “G. Ma’rupova” so‘zi “S. Turdiyev” so‘ziga almashtirilsin;
10-pozitsiyadagi “S. Ashurov” so‘zi “J. Xodjayev” so‘ziga almashtirilsin;
11-pozitsiyadagi “O. Qo‘ysinov” so‘zi “U. Tashkenbayev” so‘ziga almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 14-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“14. Lavozimiga ko‘ra — O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektron platforma — ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar to‘g‘risida ma’lumotlar hamda ularga boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchi-pedagoglar ro‘yxati aks ettirilgan internet jahon axborot tarmog‘i orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan, Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan elektron tizim”;
b) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Boshqa hududlardagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan vakant soatlar bo‘yicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumta’lim maktabi direktoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qiladi”;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. O‘qituvchi-pedagoglar ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mutaxassisligi, dars beradigan fanini ko‘rsatgan holda direktor nomiga ariza;
doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma — obyektivka;
oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi”;
d) 15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
e) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglarni saralash bo‘yicha Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi”;
j) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Ishchi guruh murojaat etgan o‘qituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar bo‘yicha bir o‘ringa ikki va undan ortiq nomzodlar bo‘lgan taqdirda, ular kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yo‘nalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktab har yili 5-avgustga qadar Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va suhbat natijalariga ko‘ra saralangan o‘qituvchi-pedagoglar haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi”;
z) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berishi uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish
SXEMASI



Download 47.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling