Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning
Download 122.75 Kb. Pdf ko'rish
|
lex.uz acts -1379834
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning 1—3-ilovalarga muvofiq bazaviy lavozim maoshlari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin. 2. Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oldingi tahrirga qarang. 2 1 . Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash razryadlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1- sentabrdan joriy etilsin. (2 1 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda) 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2008-yil 1-sentabrgacha oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha zarur tushuntirish ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha majlisida axborot berilsin. Oldingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini: 2009/2010 o‘quv yilidan boshlab — 1:10,5; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab — 1:12,0; 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab — 1:14,0; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab — 1:16,0 nisbatida belgilash; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda uning Nukus filialida, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston milliy musiqa san’ati akademiyasida, shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida asosan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish xususiyatlarini inobatga olib, bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini bosqichma-bosqich 2021-yildan 1:3,1, 2022-yildan 1:2,5, 2023- yildan 1:2,2 etib belgilash; (4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-avgustdagi PQ-289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 07/23/289/0679- son) oliy ta’lim muassasasi kengashlariga, zarur hollarda, mazkur nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/517/1226-son) 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2008-yil 1-avgust, 164-son Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 1-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari MIQDORLARI (so‘m) Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018-yil 1- sentabrdan boshlab 2019-yil 1- yanvardan boshlab 2019-yil 1- iyuldan boshlab 1. Kafedra mudiri: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3880000 4656000 5820 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3640000 4368000 5460 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 3210000 3852 000 4815 000 2. Professor: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3700000 4440 000 5550 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3480 000 4176 000 5220 000 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3320 000 3984 000 4980 000 3. Dotsent: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3130 000 3756 000 4695 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 2930 000 3516 000 4395 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 2620 000 3144 000 3930 000 4. Katta o‘qituvchi: ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan 2730 000 3276 000 4095 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan 2570 000 3084 000 3855 000 ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lmagan 2350 000 2820 000 3525 000 5. Assistent, o‘qituvchi: ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan 2410 000 2892 000 3615 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan 2250 000 2700 000 3375 000 ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lmagan 2090 000 2508 000 3135 000 6. O‘qituvchi-stajer 1850 000 2220 000 2775 000 Izohlar: 1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 2. Professor unvoniga ega bo‘lmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan shaxslarga bazaviy lavozim maoshi quyidagi miqdorda belgilanadi: 2018-yil 1-sentabrdan boshlab — 3 130 000 so‘m; 2019-yil 1-yanvardan boshlab — 3 756 000 so‘m; 2019-yil 1-iyuldan boshlab — 4 695 000 so‘m. (1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662- sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 2-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari MIQDORLARI (so‘m) Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018-yil 1- sentabrdan boshlab 2019-yil 1- yanvardan boshlab 2019-yil 1-iyuldan boshlab 1. Rektor: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 4120 000 4944 000 6180 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3960 000 4752 000 5940 000 2. Prorektor: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3900 000 4680 000 5850 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3700 000 4440 000 5550 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 3400 000 4080 000 5100 000 3. Filial direktori: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3900 000 4680 000 5850 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga 3700 000 4440 000 5550 000 tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 4. Filial direktorining o‘rinbosari: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3700 000 4440 000 5550 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3530 000 4236 000 5295 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 3270 000 3924 000 4905 000 5. Dekan: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3700 000 4440 000 5550 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3480 000 4176 000 5220 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 3130 000 3756 000 4695 000 6. Dekan o‘rinbosari: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3480 000 4176 000 5220 000 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan 3320 000 3984 000 4980 000 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 2730 000 3276 000 4095 000 Izoh: Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida (institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. (2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662- sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 3-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Oliy ta’lim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari MIQDORLARI (so‘m) Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1. Axborot texnologiyalari markazlari muhandislari: 1-toifali 834 123 2-toifali 773 412 toifasiz 715 141 2. Madaniyat va san’at ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar (pedagoglar) tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari konsertmeysterlari: yetakchi konsertmeyster 2046 263 konsertmeyster 1821 311 3. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi,oliy ta’lim muassasasikengashining kotibi ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan 2570 000 ilmiy darajaga ega bo‘lmagan 2140000 4. Ishlab chiqarish ta’limi ustasi 773 412 (3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662- sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 4-ILOVA Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Davlat budjetidan yoki aralash tarzda mablag‘ bilan ta’minlanadigan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlari uchun qo‘llanadigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari mehnatiga haq to‘lashga tatbiq etilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 3. Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshini, shuningdek qonunchilikda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) II. Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari 4. Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari: oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarining har bir lavozimi uchun belgilanadigan bazaviy lavozim maoshlari; Oldingi tahrirga qarang. xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi. (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 5. Professor-o‘qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari: shtatdagi lavozimga; ilmiy daraja, ilmiy unvon mavjudligiga qarab tabaqalashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) 7. Rahbarlar tarkibiga oliy ta’lim muassasasining rektori, prorektori, dekani, dekan o‘rinbosari, oliy ta’lim muassasasi filialining direktori, direktor o‘rinbosari lavozimlaridagi shaxslar kiradi. Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikka muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida O‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) boshlig‘i va boshliqning o‘rinbosari lavozimini egallab turgan shaxslar ham rahbarlar tarkibiga kiradi. (7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 8. Professor-o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent, o‘qituvchi, tajriba orttiruvchi o‘qituvchi lavozimidagilar kiritiladi. Oliy ta’lim muassasasining kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent, o‘qituvchi, tajriba orttiruvchi o‘qituvchi lavozimlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20- son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq egallanadi. Oldingi tahrirga qarang. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) 10. Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini o‘zgartirish: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda; xodim oliy ta’lim muassasasida boshqa lavozimga o‘tganda amalga oshiriladi. Bazaviy lavozim maoshini o‘zgartirish oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risidagi Farmonlari bilan bog‘liq tarzda bazaviy lavozim maoshlari o‘zgargan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlarini oshirish haqidagi qo‘shma qarori qabul qilinadi. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) 12. Xodim oliy ta’limning bitta muassasasida boshqa lavozimga o‘tgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy lavozim maoshi o‘zgarganda mehnat shartnomasi o‘zgarishi tartibini belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qo‘llaniladi (VI bob, 3-§ ). III. Ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar 13. Yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga hamda ilmiy tadqiqotlarga aniq hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi vakillari mehnatini moddiy taqdirlash va rag‘batlantirish maqsadida ular uchun budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan belgilangan tartibda to‘lanadigan har oylik ustamalar belgilanadi. 14. Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilangan va tarif bo‘yicha lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lov va ustamalarning boshqa turlari miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtdan boshlab bazaviy lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. IV. Mehnatga soatbay haq to‘lash tartibi va shartlari Oldingi tahrirga qarang. 15. Oliy ta’lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to‘lash o‘quv yilida 200 soatdan ortiq bo‘lmagan hajmda: Oldingi tahrirga qarang. oliy ta’lim muassasasining shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibiga hamda rahbar xodimlariga, shuningdek, uning ilmiy tarkibiy bo‘linmalari ilmiy xodimlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bajarilgan o‘quv ishlari uchun; (15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa mutaxassislarning o‘quv ishlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 16. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori qonunchilikka muvofiq belgilanadi. (16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) O‘quv yili mobaynida mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida 200 soatgacha pedagogik ishlarni bajarish o‘rindoshlik hisoblanmaydi. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) Oldingi tahrirga qarang. 16 1 . O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash mablag‘lari oliy ta’lim muassasasining mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘tkaziladigan o‘quv ishlarining kutilayotgan hajmiga ko‘ra, shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash fondining 4 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar (daromadlar va xarajatlar) smetalarda nazarda tutiladi. O‘quv yuklamasini bajarish uchun shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibiga shaxslarni jalb etish imkoniyati bo‘lmagan ayrim holatlarda, oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda xarajatlar (daromadlar va xarajatlar) smetalarida professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida o‘quv ishlarini mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘tkazish uchun shaxslarni jalb etish huquqi beriladi. (16 1 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764- son) V. Oliy ta’lim muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish Oldingi tahrirga qarang. 17. Professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili o‘quv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan. Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy tusdagi asosiy tadbirlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikka muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida yillik shaxsiy ish rejasi faqat o‘quv tusdagi tadbirlarni, ularning soatlar miqdorini ko‘rsatgan holda, o‘z ichiga oladi. Ushbu soatlarning eng kam miqdori oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi. (17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mehnat faoliyati soatlar miqdorisiz ish turlari va mazmuni asosida lavozimlarga qo‘yilgan malaka talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar hajmi mazkur ish turlarini bajarish zarurligini inobatga olgan holda egallab turgan lavozim bilan bog‘liq holda fakultet dekani (kafedra mudiri)ning takliflari asosida oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini belgilash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Mazkur bandning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshlari talablari qonunchilikka muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi. (17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 5-ILOVA Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash RAZRYADLARI Oldingi tahrirga qarang. T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq to‘lash razryadlari 1. O‘quv-uslubiy bo‘limi (boshqarma), ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi (sektor), magistratura bo‘limi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshliqlari, ishlar boshqaruvchisi * 2. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari ** 3. “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i 16 4. Marketing bo‘limi, buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i: 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 15 14 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 5. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi (sektor mudiri), xalqaro bo‘limi boshliqlari: 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 13 12 6. Bosh muhandis, bosh buxgalter, reja-moliya bo‘limi (sektor) boshlig‘i: 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 15 14 7. Bosh energetik, bosh buxgalter o‘rinbosari (auditor), xodimlar bo‘limi, o‘qitishning texnik vositalari bo‘limi, texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshliqlari: 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 13 12 8. Tahririy-nashriyot bo‘limi, ikkinchi bo‘lim, fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi va boshqa bo‘limlar boshliqlari, matbuot kotibi 12 9. Rektor yordamchisi, yetakchi mutaxassis 8 10. Devonxona va arxiv mudirlari, uslubchi,tarmoq va tizim administratori, telefon stansiyasi boshlig‘i, dispetcher-garaj mudiri 7 11. Iqtisodchi, buxgalter: toifasiz 2-toifa 1-toifa 6 7 8 12. Muhandis: toifasiz 2-toifa 1-toifa 4 5 6 13. Texnik: toifasiz 2-toifa 1-toifa 3 4 5 14. Laboratoriya, sport inshooti, vivariy, o‘quv poligoni, san’at saroyi mudirlari, kriogen stansiya boshlig‘i 7 15. Talabalar turar joyi, kompyuter zali mudirlari, muharrir, fond saqlovchi 6 16. Inspektor, dispetcher, texnik muharrir, kabinet mudiri 5 17. Xo‘jalik, ombor mudirlari, bino komendanti, laborant, g‘aznachi, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha instruktor, musahhih, muzey kuzatuvchisi 4 18. Axborot texnologiyalari markazi bo‘limi boshliqlari: 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 9 8 19. Axborot resurs markazi direktori (mudir) axborot texnologiyalari markazi direktori: 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 12 11 20. Axborot resurs markazi direktori o‘rinbosari (mudir o‘rinbosari): 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 11 10 21. Axborot resurs markazi bo‘limlari mudirlari: 2000 va undan yuqori nafar talaba bo‘lganda 2000 nafar talabadan kam bo‘lganda 10 9 22. Bibliograf, kutubxonachi: toifasiz 2-toifa 1-toifa 5 6 7 23. Bosh kutubxonachi, bosh mutaxassis 9 24. “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi 14 25. Psixolog 15 26. Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi 14 * Mos ravishda oliy ta’lim muassasasining fakultet dekani bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi; ** Mos ravishda oliy ta’lim muassasasining fakultet dekani o‘rinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi. (5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 302-modda; 2010-y., 24-25-son, 196-modda; 2014-y., 13-son, 143-modda; 2015-y., 34-son, 455-modda; 2016-y., 29-son, 350-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 23-son, 472-modda, 33-son, 852-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son; 27.08.2020-y., 09/20/517/1226-son; 06.04.2021-y., 09/21/186/0289-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/19/0013-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2023-y., 07/23/289/0679-son) Download 122.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling