Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 1.63 Mb.
|
yo\'l harakati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI YO‘L HARAKATI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA LexUZ sharhi Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, shuningdek yo‘l harakati qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ular 2016-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Yo‘l harakati qoidalarining mazmun va mohiyatini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tashkil etilishini; Yo‘l harakati qoidalarining manfaatdor shaxslar e’tiboriga, shu jumladan Qoidalarni rasmiy veb-saytda e’lon qilish yo‘li bilan yetkazilishini; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Yo‘l harakati qoidalarini nashr etsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari 2016-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.A. Axmedbayev zimmasiga yuklansin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling