Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 1.63 Mb.
|
yo\'l harakati
4. Buyuruvchi belgilar
4.1.1. “Harakatlanish to‘g‘riga”. 4.1.2. “Harakatlanish o‘ngga”. 4.1.3. “Harakatlanish chapga”. 4.1.4. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga”. 4.1.5. “Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga”. 4.1.6. “Harakatlanish o‘ngga yoki chapga”. Ushbu belgilarning ta’sir oralig‘ida faqat yo‘naltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakat yo‘nalishiga tegishli yo‘naltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilari yo‘nalishli transport vositalariga ta’sir qilmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga ta’sir etadi. 4.1.1 belgisi yo‘lning qismi boshlanishiga o‘rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovli va boshqa yondosh hududlarga burilishni taqiqlamaydi. 4.2.1. “To‘siqni o‘ngdan chetlab o‘tish”. 4.2.2. “To‘siqni chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi. 4.2.3. “To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni har tomonidan chetlab o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi. 4.3. “Aylanma harakatlanish”. Yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. 4.4. “Yengil avtomobillar harakati”. Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak. 4.5. “Velosiped yo‘lkasi”. Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin. 4.6. “Piyodalar yo‘lkasi”. Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi. Oldingi tahrirga qarang. 4.6.1. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak”. 4.6.2. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”. 4.6.3. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi. 4.6.4. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”. 4.6.5. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi. 4.6.6. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”. 4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. 4.8. “Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri”. 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi”. “Xavfli yuk” tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga. (4-bo‘limning o‘n to‘qqizinchi-yigirmanchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling