Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish xarajatlarini qoplash SXEMASI Bosqich Subyektlar Tadbirlar Muddatlar 1- bosqich Ariza beruvchi * Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etgan holda murojaat qiladi. O‘qishni boshlashdan oldin 2- bosqich Vasiylik kengashi Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 3 ish kuni ichida 3- bosqich Mahalladagi yoshlar yetakchisi Ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi. 5 ish kuni ichida Vasiylik kengashi Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi. 5 ish kuni ichida 4- bosqich Vasiylik kengashi O‘qish xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilib, o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘larni ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 3 ish kuni ichida 5- bosqich Mahalladagi yoshlar yetakchisi Ariza beruvchining haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini monitoring qilib boradi. Har oyda kamida bir marta * “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlari qoplab beriladi: 1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi. 2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi. 3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi (shaxs). 4. “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yosh fuqaro. 5. Oilasi kam ta’minlangan ishsiz yosh fuqaro. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling