Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
-bob. “Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
5-bob. “Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi
90. Yoshlar quyidagi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi: ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tegishli toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilganligi bundan mustasno); bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda; to‘liq davlat ta’minotiga olinganda; o‘z arizasiga ko‘ra; “Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda; boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda; sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda; vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning “Yoshlar dasturi”ga kiritilgan masalalari to‘liq hal etilgunga qadar ularni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ish beruvchi tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovi hisoblanganda hamda ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining markazlashtirilgan axborot bazasida va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan taqdirda, ish bilan bandligi ta’minlangan deb hisoblanadi hamda “Yoshlar daftari”dan chiqarish uchun asos bo‘ladi. Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmasdan “Yoshlar daftari”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 91. Yoshlar yetakchilari mazkur Nizomning 90-bandida ko‘rsatilgan holatlarga asosan yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga elektron platforma orqali tavsiya beradi. Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari yoshlar yetakchilari tomonidan “Yoshlar daftari”dan chiqarish tavsiya etilayotgan yoshlarni besh ish kuni ichida mazkur Nizomning 90-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha o‘rganib, haqiqatda chiqarish yoki rad etishni elektron platformada belgilaydi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar Nizomning 90-bandida ko‘rsatilgan holatlardan boshqa sabablar bilan “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan taqdirda, amaliy yordam berish uchun “Yoshlar daftari”ga qayta kiritiladi. 92. “Yoshlar daftari”dan chiqarilayotgan yoshlar bir kun ichida bu haqida xabardor qilinadi. Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling