Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
-§. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
17-§. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish 72. Kalendar rejada belgilangan loyiha, tanlov va tadbirlarni mahalla, sektor, tuman (shahar) va hudud darajasida tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 18-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq moliyalashtiriladi. har bir mahalla darajasidagi tadbirlarga bir kalendar oy uchun — BHMning 10 baravarigacha mablag‘ ajratiladi. Kalendar rejaga kiritilmagan tadbirlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kalendar rejaga kiritilgan loyiha, tanlov va tadbirlarni sektor va tuman (shahar) bosqichlarini moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan asosli hisob- kitob qilingan holda Vasiylik kengashiga yuboriladi. Vasiylik kengashi murojaatga asosan qaror qabul qiladi va tadbirlarni moliyalashtirish choralarini ko‘radi. Hududda o‘tkaziladigan respublika va hudud darajasidagi tadbirlar hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 73. Mahalla darajasidagi tadbirlarni tashkil etish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisi Kalendar rejadan kelib chiqib, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi xususidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari besh ish kuni ichida mahallalar bo‘yicha choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kalendar rejaga muvofiqligini tekshiradi va ajratiladigan tovar moddiy boyliklar turi va soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga yuboradi. 74. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi mahallalar bo‘yicha rejadagi tovar moddiy boyliklarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Vasiylik kengashi qarori asosida tovar moddiy boyliklar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilinadi. 75. Vasiylik kengashi tovar moddiy boyliklar xarid qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga yetkazilishini ta’minlaydi. Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari ikki ish kuni ichida tovar moddiy boyliklarni mahallalar bo‘yicha taqsimlab, mahalladagi yoshlar yetakchilariga tarqatadi. Mahalladagi yoshlar yetakchisi tovar moddiy boyliklarni yoshlarga tarqatish bo‘yicha, topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga hisobot topshiradi. 76. Kalendar rejada belgilangan loyiha, tanlov va tadbirlarni sektor, tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish uchun Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari Vasiylik kengashiga choraklik tadbirlar rejasini taqdim etadi va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Tadbirlar rejasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng tadbirlarni o‘tkazish uchun Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirlarga ajratiladigan tovar moddiy boyliklarni xarid qiladi. Vasiylik kengashi tovar moddiy boyliklar xarid qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga yetkazilishini ta’minlaydi. Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari tovar moddiy boyliklarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda Vasiylik kengashiga hisobot topshiradi. Vasiylik kengashi har chorak yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot taqdim etadi. 77. Kalendar rejaga kiritilmagan tadbirlarni tashkil etishga mahalladagi yoshlar yetakchisini jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling