Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

14-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
62. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash uchun
mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ushbu Nizomga 
15-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
63. Ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab o‘zi va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi
o‘rtasida tuzilgan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnoma nusxasi taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni
unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar
yetakchisiga yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani
yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni
rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni
ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza
beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning
murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.


64. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha uch ish kuni ichida Vasiylik kengashining subsidiya
ajratish haqidagi qarori qabul qilinadi.
Qaror asosida tuman (shahar) hokimliklari uch ish kuni ichida tuman (shahar) mudofaa ishlari
bo‘limining Xalq bankidagi tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit
hisob raqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va to‘lov
maqsadini ko‘rsatgan holda subsidiyani o‘tkazib beradi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling