Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish xarajatlari uchun subsidiya


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

12-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish xarajatlari uchun subsidiya
ajratish tartibi
54. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda
davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida
BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
ushbu Nizomga 
13-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
55. Ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilganda mahalladagi yoshlar
yetakchisi uch ish kuni ichida hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb
qilishga ko‘maklashadi va ariza beruvchining sog‘lig‘i holati baholanadi.
O‘rganish natijasida ariza beruvchiga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati aniqlanganda, ariza
beruvchining sog‘lig‘i holatiga qarab belgilangan tartibda davolash uchun tegishli birlamchi, viloyat
yoki respublika darajasidagi tibbiyot muassasasiga yo‘naltiriladi.
56. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam
ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan (ariza beruvchining ushbu toifaga kirishi yoki kirmasligi
tibbiyot muassasasi xulosasiga ko‘ra aniqlanadi), viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim
deb topilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar davolanish uchun belgilangan tartibda elektron
navbatga qo‘yilishi ta’minlanadi.
Ushbu toifaga kirmaydigan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi tomonidan viloyat,
respublika darajasida yoki xorijiy davlatda davolanishi lozim deb topilgan “Yoshlar daftari”ga
kiritilgan yoshlarning davolanishi yoki jarrohlik amaliyotidan o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlar uchun
mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan subsidiya ajratiladi.
57. Ariza beruvchi shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng mahalladagi yoshlar yetakchisi uch ish
kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik
kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad
etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaat unga tushgan paytdan boshlab uch ish kuni
ichida ariza beruvchining sog‘lig‘ini baholash uchun shifokor jalb qilishga ko‘maklashmasa yoki


subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu
paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish
huquqiga ega bo‘ladi.
58. Nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan yoshlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish
uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling