Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. Yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

15-§. Yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun
garovsiz kredit ajratish uchun kafillik berish tartibi
65. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka
tartibdagi o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit
ajratishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasining kafilligi ushbu Nizomga
 16-ilovada 
keltirilgan sxemaga
muvofiq beriladi.
66. Ariza beruvchi kafillik ajratishni so‘rab tijorat bankining Vasiylik kengashi nomiga
yuborilgan ariza beruvchi tomonidan qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish
uchun kafillik berish haqidagi xatini taqdim etadi.
Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza
beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida kafillik berish yoki rad etish haqida
xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda kafillik berishni rad etish haqida xabarnoma
yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni
ichida ko‘rib chiqmasa yoki kafillik berishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik
kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu
paragraf talablariga muvofiqligini o‘rgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga
ega bo‘ladi.
67. Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, Vasiylik kengashi qaroriga asosan uch ish kuni
ichida ariza beruvchiga kafillik berilishi mumkin.
16-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi
uchun subsidiya ajratish tartibi
68. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi
har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ushbu Nizomga 
17-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi,
mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka
kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari
bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan
hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi.
69. Ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim
etadi:
turar joy ijara shartnomasi nusxasi. Bunda ijara shartnomasida ijaraga beruvchining ismi va
familiyasi, JShShIR, bank plastik kartasining rekvizitlari, ijara muddati, ijaraning bir oylik to‘lovi
miqdori ko‘rsatilishi lozim;
ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi
javobgar hisoblanadi.
Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni ilova
qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga
yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani
yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni
rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.


Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni
ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik
kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu
paragraf talablariga muvofiqligini o‘rgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga
ega bo‘ladi.
70. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan ijara xarajatlarini
qoplash uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda Vasiylik kengashi har oyning 5-
kunigacha ijara xarajatlari uchun subsidiyaning oylik to‘lovlarini ijaraga beruvchining bank plastik
kartasiga o‘tkazadi.
71. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ijaraga oluvchi tomonidan haqiqatda ijaraga olingan turar
joyda yashayotganini har oy mobaynida kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
O‘rganish jarayonida ijaraga oluvchi ijaraga olingan turar joyda yashamayotganligi
aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan ijara to‘lovi uchun subsidiya
berish to‘xtatiladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling