Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

10-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat
yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya
ajratish tartibi
46. Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va
musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish uchun ishtirokchilarning yashash va


transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha hamda ushbu olimpiada, tanlov va
musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari (ishtirokchilarning yashash va
transport xarajatlari) uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 
11-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Mazkur paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun Yoshlar ishlari agentligining
Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ham qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi mumkin.
47. Olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy va xalqaro bosqichlarida qatnashish
xarajatlari uchun subsidiya ajratishni so‘rab ariza beruvchi Vasiylik kengashiga olimpiada, tanlov va
musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni (sportni rivojlantirish bo‘limi,
madaniyat bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi yoki tegishli sport federatsiyalarining Vasiylik kengashi
nomiga rasmiy xati va boshqalar) taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi
javobgar hisoblanadi.
Bunda ushbu subsidiyani berish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi talab
etilmaydi.
Vasiylik kengashi talabgorning arizasini uch ish kuni ichida o‘rganib chiqib qaror qabul qiladi.
48. Vasiylik kengashi qaroriga asosan ariza beruvchining transport (temiryo‘l, avia hamda
viloyatlararo va shaharlararo qatnovchi avtobus) xarajatlari:
havo transportida — iqtisodiy klass tarifi bo‘yicha;
temir yo‘l transportida — 2-klass tarifi bo‘yicha qoplash uchun chipta realizatsiya qiluvchi
tashkilotlarning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
49. Olimpiada, tanlov va musobaqa davomidagi yashash xarajatlari vazirliklar, idoralar,
korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga
yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2015-yil
19-noyabr, ro‘yxat raqami 2730) 
1-ilovada 
belgilangan summalarda (transport xarajatlarini
qo‘shganda ushbu Nizomning
 46-bandida 
belgilangan miqdordan oshmagan holda) qoplanadi.
Vasiylik kengashi tomonidan uch ish kuni ichida zarur chora-tadbirlar belgilanadi va
mablag‘lar o‘tkazib beriladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling