Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

6-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band
qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya
ajratish tartibi
30. Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-
uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, perforator, payvandlash
apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi, duradgorlik, chilangarlik uskunasi, qurilish uskunasi,
kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda
hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
ushbu Nizomga 
7-ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
31. Asbob-uskuna yoki mehnat qurollari uchun subsidiya ajratish uchun ariza beruvchi Vasiylik
kengashiga unga zarur bo‘lgan asbob-uskuna yoki mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning
markasi, taxminiy xarid narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi
javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish
kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan
mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hokim yordamchisi besh ish kuni ichida asbob-uskuna yoki mehnat qurollari uchun subsidiya
ajratish haqidagi tavsiyani yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi.
Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari
asoslanishi talab etiladi.
Agar hokim yordamchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida
ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza
beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning
murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
32. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish
haqida qaror qabul qilinganda asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini yetkazib beruvchi tashkilot
davlat xaridlarining elektron tizimi orqali besh ish kuni ichida aniqlanadi, asbob-uskuna yoki
mehnat quroli yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik
kengashining ishchi organi va ariza beruvchi o‘rtasida tuziladigan dalolatnoma asosida ariza
beruvchiga uch ish kuni ichida topshiriladi.
33. Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat
qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, uning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida
hokim yordamchisi tomonidan o‘rganiladi.
34. O‘rganish davomida asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan ish faoliyatida
foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda, Vasiylik kengashi tomonidan ariza beruvchidan subsidiya
asosida berilgan asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini qaytarish choralari ko‘riladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling