Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
4-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan
shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi 23. Tomorqa yer egasi bo‘lgan yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun, shu jumladan, yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ajratib berilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi. Subsidiya ajratish uchun ariza beruvchi Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza beruvchining egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan erga nisbatan huquqini tasdiqlovchi hujjat (ijara shartnomasi va boshqalar); urug‘lik va ko‘chatlarni xarid qilish bo‘yicha yetkazib beruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi. Shartnomada yetkazib beruvchining nomi, STIR, xarid qilinadigan mahsulot nomi, to‘lov summasi ko‘rsatilishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi faoliyat yuritib kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 24. Hokim yordamchisi yoshlar yetakchisi va tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ariza beruvchining murojaati tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida joyiga chiqqan holda ariza beruvchining tomorqa erida yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan ekin maydonida urug‘lik va ko‘chatlar ekish uchun mavjud sharoitni o‘rganadi. Hokim yordamchisi o‘rganish natijalariga ko‘ra, ariza beruvchining tomorqa eriga yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan ekin maydonida urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanoma yoki rad qilish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga kiritadi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi. Agar hokim yordamchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi. 25. Vasiylik kengashining qaroriga asosan uch ish kuni ichida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya yetkazib beruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling