Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. “Yoshlar daftari”ni shakllantirish


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

2-bob. “Yoshlar daftari”ni shakllantirish
4. “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va
o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi:
oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;
o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan
holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh
nogironligi bo‘lgan;
yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;
zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda
vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;
“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega
bo‘lmagan;
davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;
psixologik maslahatga muhtoj;
nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;
yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan
o‘tgan yoshlar kiritiladi.


5. “Yoshlar daftari”ga yoshlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi. Bunda yoshlarning yashab
turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasligi ularni “Yoshlar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos
hisoblanmaydi.
Ushbu Nizomning
 4-bandida 
keltirilgan toifadagi ariza beruvchilar elektron platforma orqali:
ariza beruvchining bevosita o‘zi tomonidan elektron platformaga tegishli ma’lumotlarni
kiritish;
ariza beruvchi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining “1093” qisqa raqamli Call-markaziga
murojaat qilish;
yoshlar yetakchisining ko‘magida elektron platformaga ariza beruvchining tegishli
ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan “Yoshlar daftari”ga kiritiladi.
6. Ariza beruvchi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi uning “Yoshlar daftari”ga
kiritish haqidagi murojaatini uch kun muddatda o‘rganib chiqadi va ariza beruvchining “Yoshlar
daftari”ga kiritilishini tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Ariza beruvchining ushbu murojaati asosida uning ma’lumotlari tegishli integratsiya qilingan
ma’lumotlar bazalari orqali tasdiqlangan hollarda ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga avtomatik
tarzda kiritiladi va bunda yoshlar yetakchisining tasdiqlashi talab etilmaydi.
7. Ariza beruvchiga “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi yoki kiritish rad etilganligi haqida
asoslangan xabar, shu jumladan, SMS-xabarnoma yuboriladi.
8. Ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilganda tizim tomonidan avtomatik tarzda ariza
beruvchi ushbu Nizomga muvofiq olmoqchi bo‘lgan yordam turini olish haqidagi ariza uning
nomidan shakllantiriladi va ushbu yordam turini berish yoki bermaslik yuzasidan tavsiya berish
uchun ariza beruvchining yashab turgan joyidagi mahallaning yoshlar yetakchisiga yo‘naltiriladi,
ushbu Nizomning 3-bobi 
2

4

5

6

10

13-paragraflarida 
belgilangan subsidiya va yordam turlari
bundan mustasno.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling