1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini
tizimli ravishda hal
etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi — “Yoshlar daftari”ga kirish yoki “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mazkur Nizomga muvofiq murojaat qilgan o‘n to‘rt yoshga
to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
yoki ularning vakili (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili)
hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Vasiylik kengashi — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va
ulardan foydalanish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda manfaatdor
tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan kollegial organ;
“Yoshlar daftari” — ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi qo‘llab-
quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarning muammolarini
aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish tizimi;
“Yoshlar daftari” elektron platformasi (elektron platforma) — yoshlarga tegishli bo‘lgan
ma’lumotlarni jamlash,
tahlil qilish, qayta ishlash tizimini yaratish hamda tegishli vazirliklar va
idoralar bilan raqamli ma’lumotlar
almashuvini tashkil etish, yoshlarning murojaatlari bilan tizimli
ishlash yuzasidan chora-tadbirlar samaradorligi monitoringini olib
borish imkonini beruvchi
maxsus elektron platforma;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida belgilangan tartibda
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri,
shuningdek, tuman (shahar)larda
tashkil etilgan jamg‘arma;
Do'stlaringiz bilan baham: