Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
hokim yordamchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori bilan har bir mahallada tashkil etilgan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi. kalendar reja — yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi mahalla, sektor, tuman (shahar) va hududiy tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali shakllantiriladigan hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanadigan yil yoki yarim yilga mo‘ljallangan reja. Kalendar rejada aks etmagan biroq hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, mahalla, sektor, tuman(shahar) bosqichlarini o‘zida aks ettirgan tadbirlarni moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi bilan kelishilgandan so‘ng “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahallada yoshlar siyosati sohasida tashkil etiladigan loyiha, tanlov va tadbirlarini moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kalendar rejaga kiritilgandan so‘ng hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 3. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ushbu Nizomga muvofiq hamda tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mazkur Nizomning 1-ilovasidagi ro‘yxatda keltirilgan subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordamlarni berish orqali amalga oshiriladi. Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling