“Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar)
Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari;
ishsiz yoshlar — haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan
mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan
yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor
bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va
ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli
yoshlar (bundan ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlar mustasno);
nodavlat kasb-hunarga o‘qitish tashkilotlari — yoshlarni kasb-hunar, tadbirkorlik, ta’lim, fan,
madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitish vakolatiga ega bo‘lgan
nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
sektorlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini
tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar,
tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari
rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining kollegial ishchi tuzilmasi;
yoshlar yetakchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan
ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-
son
qarori
bilan har bir mahallada joriy etilgan mahallalardagi yoshlar yetakchisi;
xotin-qizlar faoli — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash,
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2022-yil 1-martdagi PF-81-son
Farmoni
bilan har bir mahallada joriy etilgan xotin-qizlar faoli;
Do'stlaringiz bilan baham: |