Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

2-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari
xarajatlarini qoplash tartibi
16. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun
sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga
 3-ilovadagi 
sxemaga muvofiq
o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab
beriladi.
Bunda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75
foizigacha qismi, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari
uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
O‘quv kurslari xarajatlarining qolgan qismi ariza beruvchi tomonidan nodavlat ta’lim
tashkilotiga to‘lab beriladi.
17. Tadbirkorlikka yoki kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan ariza beruvchi o‘qitish kurslari
xarajatlarini qoplashni so‘rab Vasiylik kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan
shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomada ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘quv kursi yoki o‘qitiladigan kasb-hunar nomi,
o‘quv kursining bir oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi
javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish
kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan
mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hokim yordamchisi besh ish kuni ichida o‘qish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma
yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad
etish haqidagi xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar hokim yordamchisi murojaatni unga kelib tushgan paytdan boshlab besh ish kuni
ichida ko‘rib chiqmasa yoki o‘qish xarajatlarini qoplashni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa,
ariza beruvchining murojaati ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning
murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan o‘qish xarajatlarini
qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan
mablag‘lar ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan
ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
18. Hokim yordamchisi ariza beruvchi haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini har oyda
kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
O‘rganish jarayonida ariza beruvchi o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan taqdirda,
hokim yordamchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi xarajatlarini qoplash to‘xtatiladi.



Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling