Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

3-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash
uchun subsidiya ajratish tartibi
19. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat
ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining
xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy
tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 
4-ilovada
keltirilgan sxemaga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotiga
subsidiya ajratiladi.
O‘qish xarajatlarining qolgan qismi ariza beruvchi tomonidan ta’lim tashkilotiga to‘lab
beriladi.
20. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursida o‘qish istagida
bo‘lgan ariza beruvchi o‘qitish kurslari xarajatlari uchun subsidiya ajratishni so‘rab Vasiylik
kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomada ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘qitiladigan toifa nomi, o‘quv kursining bir
oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi
javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish
kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan
mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida murojaatni ko‘rib chiqadi va o‘qish
xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik
kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida xabarnoma yuborilganda rad
etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni
ichida ko‘rib chiqmasa yoki o‘qish xarajatlarini qoplashni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa,
ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi
uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
21. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan o‘qish xarajatlarini
qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan
mablag‘lar ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan
ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
22. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchining haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini
har oyda kamida bir marta monitoring qilib boradi.
O‘rganish jarayonida ariza beruvchi o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan taqdirda,
yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi xarajatlarini qoplash to‘xtatiladi va
to‘langan summa belgilangan tartibda undiriladi.

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling