Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
3-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish
7. Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari: tegishli hududning qo‘shimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga; Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendar rejada belgilangan mahalla, sektor, tuman (shahar) va hudud darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni moliyalashtirishga; mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga mo‘ljallangan yengil turdagi kichik kutubxonalar va sport obyektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga; mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun ajratilgan xizmat xonalarini moddiy-texnik jihozlar (mebel, planshet, kompyuter to‘plami, aloqa, internet va boshqalar) bilan ta’minlashga; qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. 8. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari: “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismini, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qismini qoplashga; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda 30 foiz, biroq BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga; yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning fuqarolik pasporti (biometrik pasport) olish badalini qoplab berish; ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning o‘quvchi farzandlari uchun bir kalendar yilida bir marotaba maktab formasi hamda o‘quv qurollari uchun xarajatlarini qoplash; “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hamda tengdoshlari orasida namuna ko‘rsatgan faol yoshlarning mamlakatimiz bo‘ylab turizm obyektlariga sayohatlari uchun mehmonxona va yo‘l xarajatlarini qoplab berish; yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratishga; psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pulli psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga; ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratishga; yoshlarga yangi turmush qurayotganda, o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga kafillik berishga; ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratishga; Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendar rejada belgilangan mahalla, sektor va tuman (shahar) darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni moliyalashtirishga; mahalladagi yoshlar yetakchisining tuman (shahar) Vasiylik kengashiga kiritgan iltimosnomasiga binoan Kengash raisi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yetarli darajada hal qilinganligi to‘g‘risida axborot beradi. Mazkur axborot asosida Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi tavsiyasi bilan tuman (shahar) jamg‘armasidagi mavjud mablag‘lar hisobidan mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga mo‘ljallangan yengil turdagi kichik kutubxonalar va sport obyektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga mablag‘ yo‘naltirish; qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. 9. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalarining mablag‘lari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilmagan maqsadlarga yo‘naltirilishiga, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga aynan bir turdagi subsidiya yoki ijtimoiy yordam (bir martalik moddiy yordam bundan mustasno) boshqa manbalar va jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilganda taqdim etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan, zarur hollarda, ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishi mumkin. 11. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq tarkibda Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tuziladi. Vasiylik kengashi tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq tasdiqlanadi. Vasiylik kengashi raisi va a’zolari “Yoshlar daftari” jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Vasiylik kengashi raisi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini boshqaruvchi hisoblanadi. 12. Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasining, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi hisoblanadi. 13. “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida sarflanadi. Vasiylik kengashi yig‘ilishlari har oyda kamida ikki marta — oyning 15-sanasigacha va oxirgi sanasigacha o‘tkaziladi. 14. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yig‘ilishlariga raislik qiladi. 15. Vasiylik kengashlari qarorlari Vasiylik kengashi yig‘ilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. 16. Vasiylik kengashi: “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini nazorat qiladi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlaydi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarini jalb qilishga ko‘maklashadi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklatilgan vazifalarni Vasiylik kengashi a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi; “Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 17. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi: “Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi; Vasiylik kengashi yig‘ilishi kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yig‘ilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi; Vasiylik kengashi a’zolariga Vasiylik kengashi yig‘ilishining vaqti va o‘tkaziladigan joyi to‘g‘risida xabar beradi; davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy ko‘mak va ko‘rsatiladigan moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yakka tartibdagi anketasida qayd etib boradi; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning murojaatlari bilan ishlaydi va ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi; Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaat etuvchiga xabar yuboradi. Vasiylik kengashi qarori bilan ishchi organga qo‘shimcha vazifalar ham yuklanishi mumkin. Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling