Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport
Download 473.04 Kb. Pdf ko'rish
|
312-сон 07.06.2022
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport,
san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratish SXEMASI Bosqich Subyektlar Tadbirlar Muddatlar 1- bosqich Ariza beruvchi * Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagio‘quv kursida o‘qish uchun subsidiya ajratishni so‘rab, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etgan holda, ariza beradi. 1 ish kuni ichida 2- bosqich Vasiylik kengashi Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 3 ish kuni ichida 3- bosqich Mahalladagi yoshlar yetakchisi Ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi. 5 ish kuni ichida Vasiylik kengashi Mahalladagi yoshlar yetakchi�i tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi. 5 ish kuni ichida 4- bosqich Vasiylik kengashi O‘qish xarajatlarini qoplash va o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘larni ta’lim tashkilotining hisobraqamiga o‘tkazib beradi. 3 ish kuni ichida 5- bosqich Mahalladagi yoshlar yetakchisi Ariza beruvchining o‘quv kursida o‘qiyotganligini monitoring qilib boradi. Har oyda kamida bir marta * “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratiladi: 1. Oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan yosh fuqaro. 2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh fuqaro. 3. Boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh fuqaro. 4. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro. 5. “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro. 6. Ishsiz yosh fuqaro. 7. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yosh fuqaro. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 11-ILOVA Download 473.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling