Qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi


Download 473.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/55
Sana17.08.2023
Hajmi473.04 Kb.
#1667684
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
312-сон 07.06.2022

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi
olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-
bosqich
Ariza
beruvchi
*
Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va
musobaqalarda qatnashish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishni so‘rab,
tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga tanlov va
musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va sportni
rivojlantirish bo‘limi, madaniyat bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi yoki tegishli sport
federatsiyalarining Vasiylik kengashi nomiga yuborilgan rasmiy xatini taqdim
etgan holda ariza beradi.
1 ish kuni
ichida
2-
bosqich
Vasiylik
kengashi
Arizani o‘rganish natijalari asosida olimpiada, tanlov va musobaqalarning
mahalliy va xalqaro bosqichlarida qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar uchun
subsidiya ajratish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
3 ish kuni
ichida
3-
bosqich
Tuman
(shahar)
hokimlari
Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq ariza beruvchining olimpiada, tanlov va
musobaqalarning mahalliy va xalqaro bosqichlariga borish-kelish bilan bog‘liq
xarajatlari uchun mablag‘larni transport, temir yo‘l va aviachiptani sotgan
tashkilotlarning hisob raqamiga, yashash bilan bog‘liq xarajatlari uchun
mablag‘larni ariza beruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib beradi.
3 ish kuni
ichida
* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat
yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari qoplab beriladi:
1. Oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan yosh fuqaro.


2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh fuqaro.
3. Boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh fuqaro.
4. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
5. “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro.
6. Ishsiz yosh fuqaro.
7. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali
yoshlar muammolarini tizimli
ravishda hal etish va ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi
nizomga
12-ILOVA

Download 473.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling