Tasd iq la y man
Download 111.5 Kb.
|
muqobil 2019 ND
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH FAN
- III. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
- 2-mavzu. Muqobil energiya manbalari.
- 4-mavzu. Quyosh energiyasidan elektr energiya ishlab chiqarish.
- 3-modul 5-mavzu. Past potensialli energiya manbalari. Gidroenegetika.
- 6-mavzu. Shamol energetikasi.
- 4-modul 8-mavzu. Bioenergetika.
- 9-mavzu. Geotermal energetika.
- V. Tavsiya etiladigan musta q il ishlarning mavzulari
- Tajriba mashg’lotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
- Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
- Qo’shimcha adabiyotlar
- Internet va ziyonet saytlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH FAN DASTURI
Buxoro - 2019 Fan dasturi Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ishlab chiqildi. Tuzuvchi: M.I Maxmudov – Bux MTI, “Energoaudit” kafedrasi mudiri dotsent, t.f.d. A.B Safarov – Bux MTI, “Energoaudit” kafedrasi assistenti. Taqrizchilar: Sadullaev N.N. – Bux MTI IIB prorektori, t.f.d. Qurbonov Sh.V. –«Buxoro HET» OAJ operativ dispetcherlik xizmati boshlig‘i. “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish” (tanlov) fan dasturi “Energetika” fakultetining “Energoaudit” kafedrasida ko`rib chiqilib, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti uslubiy kengashiga (2019 yil «___» ______ dagi «____» - bayonnoma) tavsiya qilingan. Kafedra mudiri: _________ t.f.d. M.I Maxmudov Kotib: _________ O’. Mirxonov “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish” (tanlov) fan dasturi institut uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (2019 yil «___» ______ dagi «____» - bayonnoma) va institut kengashiga tavsiya etildi. Uslubiy kengash raisi: _________ dots. Sh.M.Xodjiyev Uslubiy kengash kotibi: _________ U.H.Xo’jaqulova “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish” (tanlov) fan dasturi institut kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi (2019 yil «___» ______ dagi «____» - bayonnoma). Institut kengashi kotibi: __________ dots. I.I.Mehmonov I. O’quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Hozirgi kunda aholi soni ortib borgan sari energiyaga bo’lgan talab ham ortib bormoqda. Iste’mol qilinadigan energiya manbalari ichida muqobil energiya manbalaridan foydalanish hozirgi kundagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Muqobil energiya manbalaridan foydalanish asosiy afzalliklari ekologik toza bitmas tuganmas energiya manbai hisoblanadi. Muqobil energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish ishlab chiqarish va aholi energiya iste’moli uchun muhim hisoblanadi. II. O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fan o‘qitilishidan maqsad: “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish” fanini o‘qitish natijasida talabalar muqobil energiya manbalarining turlari va zaxiralari, ulardan foydalanish, issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish, ulardan foydalanishning amaliy asoslari, muqobil energiyada ishlaydigan qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsiplari, quyosh energiyasidan foydalanish yo‘nalishlarining amaliy asoslari, past potensialli energiya manbalari, issiqlik nasoslari, issiqlik nasoslarining tuzilishi va ishlash prinsipi, issiqlik nasos qurilmalari, shamol energiyasi, bioenergetika va geotermal energetika yo‘nalishlarining amaliy asoslari, muqobil energitya manbalaridan olingan energiyani ishlatish, zaxiralash(akkumulyatsiya qilish), muqobil energiya manbalarida ishlaydigan qurilmalarni hisoblash, muqobil va ana’naviy energiya mabalarini birgalikda ishlatish, muqobil energetikaning istiqbollari muqobil energiya manbalaridan foydalanish qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsiplarini to‘liq o‘zlashtiriradi O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: Muqobil energiya manbalarining turlari va zaxiralari, ulardan foydalanish, issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish, ulardan foydalanishning amaliy asoslari, muqobil energiyada ishlaydigan qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsiplari, quyosh energiyasidan foydalanish yo‘nalishlarining amaliy asoslari,issiqlik nasoslari,issiqlik nasoslarining tuzilishi va ishlash prinsipi, past potensialli energiya manbalari, issiqlik nasos qurilmalari, shamol energiyasi, bioenergetika va geotermal energetika yo‘nalishlarining amaliy asoslari, muqobil energiya manbalaridan olingan energiyani ishlatish, zaxiralash(akkumulyatsiya qilish), muqobil energiya manbalarida ishlaydigan qurilmalarni ishlatish, muqobil va ana’naviy energiya mabalarini birgalikda ishlatish, muqobil energetikaning istiqbollari, muqobil energiya manbalaridan foydalanish qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsiplarini haqidagi ma’lumot va bilimlarni talabalarga yetkazish. III. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari) 1-modul. 1-mavzu. “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish” faniga kirish. Energetika resurslari. Energetikaning sanoatdagi o‘rni, energetika asosi - yoqilg‘i resurslari, O‘zbekiston energetika resurslari, resurslarning ahamiyati, energetika resurslarining zaxiralari, energetika resurslarining muammolari. 2-mavzu. Muqobil energiya manbalari. Tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya manbalari, ularning turlari, zaxiralari, o‘zlashtirish yo‘nalishlari, taqsimlanishi, muqobil energiya mabalaridan foydalanishning texnik yechimlari. 2-modul 3-mavzu. Quyosh energetikasi. Quyosh energiyasi, asosiy tushunchalar, ko‘rsatkichlar, quyosh energiyasining taqsimlanishi, quyosh energiyasidan foydalanish yo‘nalishlari, quyosh energiyasidan issiqlik ta’minotida foydalanish, jamoat va turar joy binolarini isitish va issiq suv bilan ta’minlash. 4-mavzu. Quyosh energiyasidan elektr energiya ishlab chiqarish. Quyosh energiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiya ishlab chiqarish, fotoelektrik batareyalar, ana’naviy elektr va issiqlik ishlab chiqarish majmualari bilan birgalikda ishlatish. Quyosh energiyasini tashuvchi moddalar. Quyosh energiyasini o‘zlashtirishda ishlatiladigan tashuvchilar, ularning fizik – kimyoviy ko‘rsatkichlari, ularga qo‘yiladigan talablar. 3-modul 5-mavzu. Past potensialli energiya manbalari. Gidroenegetika. Past potensialli energiya manbalarining vujudga kelishi, ularning turlari, asosiy ko‘rsatkichlari, past potensialli energiya manbalaridan foydalanish yo‘nalishlari. Suv energiyasidan foydalanish, gidroelektrstansiyalar (GES) ning vazifasi, tuzilishi, ishlash asoslari, afzalliklari va kamchiliklari, to‘g‘onli va aylanma oqimli gidroelektrstansiyalar. Kichik potensialli suv energiyasidan foydalanish. 6-mavzu. Shamol energetikasi. Havo oqimlarining vujudga kelishi, shamol energetikasining asosiy tushunchalari va ko‘rsatkichlari, shamol energiyasidan foydalanish yo‘nalishlari, shamol elektr stansiyalari. 7-mavzu. Shamol elektr agregatlari. Shamol elektr agregatlarining tuzilishi va turlari, shamol elektr agregatlarining ishlash prinsipi, shamol elektr agregatlarini hisoblash, shamol energetikasining muammolari. 4-modul 8-mavzu. Bioenergetika. Biomassa energiyasini qayta tiklash (regeneratsiyalash), bioenergetika asoslari, bioenergetikaning asosiy tushunchalari va ko‘rsatkichlari, bioenergetika manbalari. Biogaz ishlab chiqarish. Biogaz ishlab chiqarish qurilmalari, biogaz ishlab chiqarish qurilmalarini hisoblash, kogeneratsiya qurilmalari, bioenergetika muammolari. Suyuq holatdagi bioyoqilg‘ilar. Suyuq holatdagi bioyoqilg‘ilar va ularni ishlab-chiqarish usullari, metan hosil qilishning asosiy shart-sharoitlari. 9-mavzu. Geotermal energetika. Geotermal(yer osti) issiqligi, geotermal suvlardan foydalanishning texnik va iqtisodiy tamoyillari, geotermal energetikaning asosiy tushunchalari va ko‘rsatkichlari. IV. Amaliy mashg’lotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar Amaliy mashgulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
V. Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari 1. Muqobil energiya manbalarining turlari. 2. Quyosh kollektorlari. 3. Quyosh energiyasidan foydalanib elektr energiya olish. 4. Issiq suv ta’minoti tizimlarining quyosh energiyasida ishlatish. 5. Biogaz qurilmalari. 6. Gorizontal o’qli shamol agregatlari tuzilishi ishlash prinsipi 7. Vertikal o’qli shamol agregatlari tuzilishi ishlash prinsipi
9. Suv energiyasidan foydalanish. 10. Mikro GES ishlash prinsipi Tajriba mashg’lotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar Fan bo’yicha tajriba mashg’ulotlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan. Kurs ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar Fan bo’yicha kurs ishlari namynaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan. VI. Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar Sandip A. Kale. “ Renewable Energy Systems”, New York 2017. S. Sumathi, L., Ashok Kumar, P. Surekha. “Solar PV and Wind Energy Conversion Systems” Switzerland 2015. Klaus Jäger, Olindo Isabella, Arno H.M., Smets René A.C., M.M.van Swaaij Miro Zeman. “Solar Energy:Fundamentals,Technology and Systems” Delft University of Technology, 2014. Djamila Rekioua “Wind Power Electric Systems” London 2014. Annamaria Buonomano, Francesco Calise and Maria Vicidomini. “Design,Simulation and Experimental Investigation of a Solar System Basedon PV Panels and PVT Collectors” Naples 2016. Majidov T.Sh. “Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” darslik. Toshkent-2014. Аллаев К.Р. “Электроэнергетика Узбекистана и мира”. Ташкент.: «Фан ва технология», 2009. Xayriddinov B.E., Xolmirzayev N.S., Sattorov B.N. “Quyosh energiyasidan foydalanishning fizik asoslari”o’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent-2011. Сивков С.И. “Методы расчета характеристик солнечной радиации” Ленинград, 1968. Qo’shimcha adabiyotlar Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish taitanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. 56 6. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2016 yil 7 dekabr. T.: "O`zbekiston” NMIU, 2016. 48 6. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O`zbekiston" NMIU, 2017. - 488 b. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана. Аналитический обзор.-Т. Издателство «Молия» 2007. 388 с. Erinofiardi, Pritesh Gokhale, Abhijit Date, Aliakbar Akbarzadeh, Putra Bismantolo, Ahmad Fauzan Suryono, Afdhal Kurniawan Mainil, Agus Nuramal. “A review on micro hydropower in Indonesia” Indonesia 2017. L. Damon Woods, John F. Gardner, Kurt S. Myers. “Simulation of Vertical Axis Wind Turbines With Variable Pitch Foil” San Diego, 2013. Internet va ziyonet saytlari http://www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. http://www.lex.uz -O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. http://www. ziyonet.uz; http://www.bilim.uz. http://www.awea.org – The American Wind Energy Assocication 22.http://www.ewea.org – The European Wind Energy Assocication 23.http://acre.murdoch.edu.au/ –The Australian Renewable EnergyWebsite 24.http://www.ges.ru 25.http://uiits.miem.edu.ru/ http://library.kai.ru http://www.solarhome.ru/hydro Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling