Qarorlar qabul qilish jarayoni tahlili Reja


Siyosiy qarorlar tipologiyasi


Download 40.48 Kb.
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi40.48 Kb.
#257367
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qarorlar qabul qilish jarayoni tahlili Reja

Siyosiy qarorlar tipologiyasi

Subyektlar

Manfaatlar integratsiyasi darajasi




markaziy

mahalliy – mintaqaviy

fuqarolar

markaziy organlarga saylovlar, referendum va plebissit

mahalliy organga saylovlar. Yig‘ilish va aholining mahalliy referendumi

fuqarolarning rasmiy vakillari

farmon, qonunlar va parlament qarorlari

mahalliy dasturlar, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot rejalari

vakillik shakli

iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyot dasturlari va rejalari

mahalliy byudjet to‘g‘risidagi qaror

fuqarolik guruhlari faollari (jamoat delegatlari)

siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari yuqori organlarinng qarori

siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalarining mahalliy organlari muammoviy qarorlari

novakillik shakli

siyosiy kelushuv




Davlat siyosatida optimal qaror qabul qilishning muqobil variantini tanlash va kelishilgan qarorni aniqlashning ikki asosiy usuli mavjud: konsensus va ovoz berish. Ulardan birinchisi, konsensus usuli (lotincha “Consensus omnlium - barchaning roziligi” so‘zidan). Bu usul qaror qabul qilishda ishtirokchilar manfaatlariga qisman mos tushsa va biroz to‘g‘ri kelmasa, samarali bo‘ladi, shuning uchun qaror barcha tomonlar qo‘llab-quvvatlayotgan turli muqobilliklar o‘rtasidagi kompromis sifatida qabul qilinadi. Aynan “barchaning roziligi” prinsipi BMT XKda muhim qarorlarni qabul qilishda ishlatiladi, ammo ayni vaqtning o‘zida davlat siyosatida amalda yanada keng qo‘llanilayotgan usul strategik qarorlarni qabul qilishning ovoz berish usuli hisoblanadi. Qarorlar tanlovining bu usuli faqat rasmiy jarayon va ovoz berish texnikasi bilan cheklanib qolmaydi, ammo u qarorlar turli variantlarining kuchli va kuchsiz tomonlari izohlarini, QQQSning nuqtai nazarini aniqlash, shuningdek, ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi ko’pchilik, ozchilik va oraliqdagi kuchlar nisbati va hissasini aniqlashni qamrab oladi.

Davlat qarorlarini qabul qilish jarayoni alohida bosqichlar va funksional fazalarga bo‘linadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asosiy bosqichlari chegaralarini va ularning sonini aniqlashning turli nuqtai nazarlari mavjud. Umumiy ko‘rinishda professor A.A.Degtyarev davlat qarorlarini qabul qilish jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga ajratib chiqadi.



  1. Prioritet (ustuvor) muammolarni aniqlash va siyosiy “kun tartibini” shakllantirish. Bu boshlang‘ich bosqichda, siyosiy qaror qabul qilish uchun zarur dastlabki axborotlar to‘planadi, saralanadi, tahlil qilinadi. Alohida individlar, ijtimoiy guruh va jamoat tashkilotlarining manfaatlari, talablari va ehtiyojlari o‘rganiladi: yechimni talab qilayotgan ustuvor muammolar tanlab olinadi va hukumat yoki boshqa davlatning harakat organlaridan kutilgan ijtimoiy – siyosiy “kun tartibi” tuziladi.

  2. Ijtimoiy muammolar bo‘yicha siyosiy qarorlarning muqobil variantlarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish. Qarorlarning invariantlarini ishlab chiqish bir qancha muqobil qarorlardan eng yaxshi qaror tanlovining optimizatsiyasidagi obyektiv ehtiyoj hamda subyektiv intilishlar, ko‘pincha bir-biri bilan raqobatlashuvchi va u yoki bu siyosiy qaror uchun o‘z loyihasini o‘tkazishga urunuvchi turli ijtimoiy kuchlar qarorlarini qabul qilish jarayoniga bosim bilan bog‘liq.

  3. Yakuniy tanlov, davlat qarorlarini ifodalash va legitimlashtirish. Bu ish mohiyatan, qaror qabul qilishning asosiy bosqichi bo‘lib, demokratik mamlakatlarda davlat boshqaruvi subyektlari tomonidan ovoz berish yoki konsensusga erishish usullari yordamida texnologik shaklda amalga oshiriladi. Bunda qaror uning vakolatiga kiruvchi barcha fuqarolar uchun umummajburiy shaklga kiradi.

  4. Qabul qilingan davlat qarorlarini siyosiy amaliyotda amalga oshirish. Boshqaruv qarori shu bosqichda amalga kiritiladi va hayotga tatbiq etiladi. Davlat ma’muriyati ushbu mamlakat siyosiy rejimiga bog‘liq ravishda usullar (majburlash va ishontirish) kombinatsiyasidan foydalanadi va qabul qilingan strategik qarorlarni amalga oshirish uchun alohida sotsiotexnik vositalarni (mani­pul­lash­tirish, manevrlardan foydalanish) va boshqalarni qo‘llaydi.

  5. Qarorni amalga oshirish ustidan nazorat va uning natijalari bilan “teskari aloqa”. Bu, qaror qabul qilishning tugallovchi bosqichi. Nazoratning va “teskari aloqa”ning yo‘qligi davlat qarorining yoki buzib ko‘rsatilishiga yoki shunchaki bajarilmasligiga yoki, hatto teskari natijaga olib kelishi mumkin. U yoki bu davlat qarorlarining realizatsiyasi nazorati amaliy tadbirlar, texnologik amaliyotlarni siyosiy qarorlar qabul qilishning dastlabki modeli, rejasi va dasturi bilan doimiy ravishda qiyoslashdan iborat bo‘ladi. Nazorat jamiyatdagi institutsional tartibni qo‘llab-quvvatlovchi turli me’yor va amaliyotlarni belgilovchi (korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyat­chi­likning boshqa shakllari), qonun chiqaruvchi qarorlarni bajarishga davlat byudjetidagi umumiy proporsiyaga ko‘ra, moliyaviy va boshqa material zaxiralarning operativ taqsimoti bilan shug‘ulla­nadigan ijro etuvchi hokimiyat organlari qaroriga tegishlidir. So‘nggi bosqichlarda umummajburiy qarorlarning refleksif modelini ishlab chiqishdan uni amaliyotga tatbig‘iga o‘tish harakati sodir bo‘ladi.

Davlat qarorlari realizatsiyasi amaliyoti ommaviy siyosatning ikki jihati bilan chambarchas bog‘langan: ijtimoiy zaxiralar va institutsional usullar bilan tartibga solish, insonlarga rahbarlik qilishning instrumental vositalari, ya’ni mamlakat siyosiy rejimining funksionallashuvi. U yoki bu ideal modellar va yo‘nalishlar, siyosiy fikrlar va doktrinalar realizatsiyasining asosiy usullari amalda hamisha aniq siyosiy harakatlar bilan bog‘langan.

F.Brayar va M.R.Jalili QQQJning tahlili metodini umumlashtirib, 4 asosiy yondashuvni ajratdi.

Ulardan birinchisi ratsional tanlov modeli deb nomlanishi mumkin, uning doirasida qaror tanlovi milliy manfaat asosida yagona va ratsional fikrlovchi rahbar tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilar faraz qilinadi: a) qaror qabul qiluvchi qadriyatlar yaxlitligi va ierarxiyasi haqida yetarlicha mustahkam tasavvurga ega va ularni hisobga olib harakat qiladi; b) u o‘z tanlovining ehtimoliy oqibatlariga ega; c) QQQJ qarorga ta’sir qilish qobiliyatiga ega har qanday yangi axborot uchun ochiq.

Ikkinchi modelda yondashuv doirasida o‘rnatilgan amaliyotlarga muvofiqlikda harakat qiluvchi hukumat tuzilmasi majmui ta’siri ostida qaror qabul qilinadi, deb faraz qilinadi. Qaror alohida fragmentlarga ajratiladi, hukumat tuzilmalarining tarqoq­ligi, ular tomonidan axborotlarni tanlov xususiyatlari, bir-biri bilan o‘zaro muno­sa­batlarining murakkabliligi, ta’sir va obro‘-e’tibor darajasidagi farqlar - u yoki bu tanlov oqibatlarining tizimli baholanishiga asoslangan QQQJ uchun to‘siq hisoblanadi.

Uchinchi modelda qaror byurokratik ierarxiya va hukumat apparati a’zolari o‘rtasidagi murakkab o‘yin natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har bir vakili o‘z manfaatlari, o‘z qarashlari va davlat tashqi siyosati ustuvorliklari to‘g‘risida o‘z tasavvuriga ega.



Nihoyat, to‘rtinchi yondashuvda shunga e’tibor beriladiki, ko‘p hollarda QQQS murakkab muhitda mavjud bo‘ladi va noto‘liq, cheklangan axborotga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ular u yoki bu tanlov oqibatlarini baholash imkoniyatiga ega emas. Bu sharoitda ularda muammoni foydalanilayotgan axborotni o‘zgaruvchanlarning ko‘p bo‘lmagan soniga nisbatan qo‘llash zaruriyati tug‘uladi.

QQQJ tahlilida tadqiqotchi u yoki bu ko‘rsatilgan yondashuvlarni “sof ko‘rinish”da foydalanishdan chetda bo‘lishi zarur. Haqiqiy hayotda ular tomonidan ta’riflangan jarayonlar turli-tuman birikmalarda namo­yon bo‘ladi, bu birikmalarni o‘rganish, ulardan qaysi biriga aniq bir holatda tayanish kerakligini va qaysi biri bilan birlashtirish kerakliligini ko‘rsatish zarur. Qaror qabul qilish jarayoni tahlili ko‘pincha u yoki bu muayyan xalqaro vaziyat, masalan, davlatlararo nizolar evolyutsiyasini bashorat qilish uchun qo‘llaniladi. Bunda QQQSga bevosita tegishli omillargina emas, balki qaror qabul qiluvchi shaxs yoki instansiya salohiyati (zaxiralar yig‘indisi) ham hisobga olinadi.

Download 40.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling