Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet103/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

«Boko haram» – islom niqobi ostidagi radikal oqim. Jamoaning rasmiy nomi «Jama’at ahli sunna li-d-da’va va-l-jihod» («Da’vat va jihod ahli sunna jamoasi»). «Boko haram» esa jamoaning ikkinchi nomi bo’lib, tashkilotning bazasi joylashgan Mayduguri aholisi tomonidan berilgan. «Boko haram» xausa tilidan «g’arb (zamonaviy) ta’limi taqiqlangan» yoki «g’arb ta’limi – harom» ma’nosini anglatadi. «Boko» so’zining ilk ma’nosi «yolg’on» bo’lgan, biroq keyinchalik uning semantikasi o’zgarib, «g’arb ta’limi» degan ma’noga ega bo’lgan. Shuningdek, «Nigeriya to­libon harakati», «Muhojirun», «Yusufiyya» nomlari bilan ham atalgan.
Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. «Boko haram» tashkilotiga 2002-yilda Nigeriyaning Mayduguri shahrida Muhammad Yusuf tomonidan asos solingan. Dastlab u o’zida masjid va madrasani qamrab olgan diniy majmua tashkil qiladi. Mazkur majmua bolalarga diniy ta’lim berishni maqsad qilgan, deb ochilgan bo’lsa-da, bu joy o’z tarafdorlarini tayyorlash uchun xizmat qiladi. 2004-yilda Muhammad Yusuf jamoa a’zolari bilan Yobe shtatidagi Kannama shahriga yaqin tumanga joylashib, o’zining bazasiga asos soladi va unga «Afg’oniston» deb nom beradi. O’sha joydan ichki ishlar xodimlariga hujumlar uyushtirish boshlanadi. 2009-yil 29-iyulda Muhammad Yusuf Nigeriyaning shimoliy qismida «islom davlati»ni tuzish maqsadida isyon ko’taradi. Shundan so’ng, politsiya jamoaning Mayduguridagi bazasiga hujum qilib, uni qo’lga oladi. Muhammad Yusuf ham hibsga olinib, keyinchalik vafot etadi. Uning vafotidan keyin jamoatga Abu Bakr Shekau boshchilik qiladi. Tashkilotning bosh maqsadi. Bugun Nigeriya hududida shariat asosida «islom davlati»ni qurish maqsad qilingan. 2014-yil 24-avgustda «Boko haram» Nigeriya shimolidagi G’uzo shahrida xalifalik tuzilganini e’lon qilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, xulosa o‘rnida aholi o‘rtasida, yoshlar hamda ayollar ichida diniy mutaassiblikning tarqalishi, aqidaparast, estrimistik va terroristik oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini olish, bu jamiyat va tabiatdan nafas olayotgan har bir insonning burchi ekanini unutmaslik zarurdir.


4-reja bayoni. O‘zbekistonda sodir etilgan terroristik harakatlar va ularning barqaror taraqqiyotga ta’siri: Turkiston islom harakati, xizbut tahrir, akromiylar, vahobiylik va nurchilik harakatlari tarixi, maqsadlari.
“Turkiston islom harakati” (Sobiq “O‘zbekiston islom harakati”) diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilot.
Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. Ushbu tashkilot 1996 yilda “O‘zbekiston islom harakati” nomi ostida tashkil etilgan. Haraktni shakillantirishda 1992-1993 yillarda O‘zbekistonda faoliyati ta'qiqlangan “Adolat uyushmasi” (Namangan), “Islom uyg‘onish partiyasi” (1990 yil Astraxanda asos solinib, 1991 yil yanvaridan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan) “Odamiylik va insonparvarlik” (Qo‘qon), “Turkiston islom partiyasi”, “Islom lashkarlari” (Namangan) kabi diniy ekstremistik guruhlarning sobiq faollari ishtirok etgan.
Tashkilot g‘oyalari va asoslari. Tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida “Buyuk islom xalifaligi”ni tuzish, unda musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volga bo‘yi respublikalarini qamrab olishdan iborat.
Harakat strategiyasi. Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun qo‘paruvchilik va terrorchilik haraktlarni amalga oshirish, harbiy harakatlar uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali mintaqadagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish kabi vositalardan foydalanadi.
“Turkiston islom harakati” so‘ngi yillarda talofatlar, strukturaviy o‘zgarishlar, rahbar a'zolar orasidagi yo‘qotishlarga duch keldi. Hozirda g‘oyaviy targ‘ibot kuchaytirilib, bosma va elektron nashrlar tarqatilishiga katta urg‘u berilmoqda.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling