Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
Harbiy kuchlari: IShID tasarrufida Iroq va Suriya armiyasidan qo‘lga kiritgan bir qancha tanklar, raketalar, zirhli texnika va boshqa qurollar bor.
Harakatga munosabat: Hozirgi kunda “Islom davlati” tomonidan boshqaruv o‘rnatilgan hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga to‘g‘ri keladigan qonunlar joriy qilinmoqda. Jumladan, xristian dini vakillarini “zimmiy” hukmida hisoblab, ulardan “jizya” solig‘ini majburlab undirish, ularga xoch osib yurmaslik, ibodat vaqtida ovoz kuchaytirgichlardan foydalanmaslik kabi taqiqlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, har qanday musiqiy disklar yoki musiqa asboblarini sotish ham man etilgan. Musulmon ayollarga nisbatan esa o‘ta mutaassibona hukmlar joriy qilinib, ularni buzganlarga o‘rta asr jazo metodlari qo‘llanmoqda. Butun dunyo musulmon ulamolari “Islom davlati”ning faoliyatini tanqid qilib, harakat tomonidan e’lon qilingan xalifalik islom ta’limotlariga zid ekani va uni tan olib bo‘lmasligini ta’kidlamoqdalar. ISHIDning paydo bo‘lishiga 10 ta sabab: 1. Iroqdagi notinchlik. 2. Suriyadagi keskin vaziyat. 3. “Al-Qoida”ni siyosiy maydonda sustlashishi. 4. Katta neft zaxiralarining terrorchi tashkilotlarning tasarrufigao‘tishi. 5. O‘z vaqtida bu tashkilotga nisbatan pisand qilmaslik kayfiyati bo‘lgani bois. 6. Mutaassib shaxslarning “Islom davlati”ga qo‘shilishi tugamayotgani. 7. Internet - tashkilotning asosiy targ‘ibot vositasi sifatida. 8. Tashkilotning faoliyati o‘ta shafqatsizlikka asoslanganligi va uni namoyish qilishi. 9. “Islom davlati” o‘z tashkilotiga qo‘shilmaganlarni omma oldida jismonan yo‘q qilishni lozim topgani. 10. Jahon siyosiy hamjamiyati hali-hamon bu terroristik tashkilotga so‘nggi qarorini bildirmayotganida. “Islom davlati” firqasining xatolari va botil e’tiqodda ekanligini ochiq-oydin isbotlovchsi 20 ta raddiya. Quyida Alloh buzg‘unchilikni sevmasligini, bunday harakatlar islom dini ta’limotiga mutlaqo zid ekanini, sog‘lom e’tiqoddan adashib, zalolatga yuz tutib, barcha buzg‘unchiliklar va fitnalar girdobida o‘ralashib qolgan mazkur tashkilotga qarata Qur’oni karim, hadisi sharif hamda dunyoning mashhur va yetakchi ulamolarining raddiyalarini keltiramiz: 1. Alloh taolo O‘zining kalomi Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Ularga: “Yer yuzida fasod (buzg‘unchilik) qilmangiz!” – deyilsa, ular: “Albatta, biz chin islohchilarmiz”, – deydilar. Ogoh bo‘lingki, aynan ularning o‘zlari buzg‘unchilardir, lekin (buni o‘zlari) sezmaydilar”. (Baqara, 11-12). Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.) (xorijiylar haqida ogohlantirib): “Ular Qur’onni o‘qiganda o‘zlarining foydasiga deb o‘ylaydilar, aslida esa u ularning zarariga yuradi”, – dedilar”. Dunyoning bir yuz yigirma oltita (126 ta) ulamolaridan iborat olimlar Abu Bakr Bag‘dodiy laqabli Doktor Sa’id Ibrohim Avvadal-Badriyga hamda “Islom davlati” nomi bilan faoliyat yuritayotgan ekstrimistik tashkilotlarga mansub bo‘lgan shaxslarga va jangchilarga “Ochiqxat” yuborishdi. Ushbu “Ochiq xat”da keltirilgan mazkur tashkilot tomonidan sodir etilayongan ayrim xatolarni iqtibos tarzida keltiramiz: 2. Alloh taolo Isro surasida shunday marhamat qiladi: “Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni o‘ldirmang. Haq ila bo‘lsa, mustasno” (33-oyat). Yana Alloh taolo An’om surasida shunday deydi: “Aytgin: “...Alloh harom qilgan jonni o‘ldirmang. Haq ila bo‘lsa, mustasno. Ushbularni sizga tavsiya qildikki, shoyad, aql yuritsangiz” (151-oyat). Alloh taolo Moida surasida marhamat qiladi: “Shuning uchun ham Banu Isroilga: “Kim bir jonni biror jon sababisiz yoki yer yuzida buzg‘unchilik qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgandek bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi”, – deb yozdik. Batahqiq, rasullarimiz ularga ochiq-oydin hujjatlar olib keldilar. So‘ngra, o‘shandan keyin ham ulardan ko‘plari yer yuzida haddan oshuvchilardan bo‘ldilar” (32-oyat). “Islom davlati” esa juda ko‘p begunoh odamlarni o‘ldirishni o‘zlariga ravo ko‘rmoqda. Qatl etilayotgan insonlar jangchi ham, hatto qurollangan ham emas edilar. Ular sizlardan boshqacha fikrdagi odamlar edi, xolos. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling