Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
3-reja bayoni. Al-Qoida, ixvanul muslimin, ISHID, boko xaram tashkilotlarining dunyo hamjamiyati xavfsizligiga tahdidi, ularga islom tashkilotlari va musulmon ulamolari tomonidan berilgan raddiyalar.
Tinchlik bu barcha xalqlarning, shuningdek o‘zbek xalqining ham azaliy orzusi bo‘lib kelgan. Tinchlik insonparvar va bag‘rikeng xalqimizning tili va dilidan mustahkam joy olgan eng oliy qadriyat hisoblanadi. Al-Qoida (arabcha القاعدة — „asos“) sunniy jihodchi harbiy tashkilotlarning xalqaro birlashmasidir. Uning ildizlari 1989 yili Sovet qurolli kuchlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi bilan mamlakatda kuch yigʻa boshlagan diniy fundamentalistlar va ularning homiylari(Usoma bin Lodin va boshqalar)ga borib taqaladi. Al-Qoidaning dasturiga musulmon oʻlkalarda xorijiy taʼsirlarga chek qoʻyish va yangi islomiy xalifalik yaratish kiradi. «Al-Qoida» va «Tolibon» 1980-yillar oxiridagi sovet bosqiniga qarshi kurash va 1990-yillardagi Afg‘onistonning ichki kurashlarida paydo bo‘ldi. IShID esa bir necha yil o‘tgach, «Al-Qoida»ning Iroqdagi qoldiqlaridan paydo bo‘ldi va 2003 yilda Iroq ishg‘oliga javoban mahalliy «Al-Qoida» unsuri sifatida sahnaga chiqdi. Garchi bu tashkilot 2007 yilda Iroqdagi AQSh qo‘shinlari sonining ortishi fonida bir necha yil davomida ko‘zga tashlanmay turgan bo‘lsa-da, 2011 yil qayta tiklana boshlaydi. «Al-Qoida»ga 1980-yillar oxirida saudiya arabistonilik millioner Usama Bin Lodin tomonidan asos solinadi. «Al-Qoida» «tayanch», «poydevor» degan ma'nolarni anglatadi. U sovetlar ittifoqiga qarshi qurollangan kuchlar moddiy va harbiy jihatdan yordam ko‘rsatadi. Bin Lodin butun dunyo bo‘ylab jihodchilarni «Al-Qoida» safida to‘playdi. «Al-Qoida» keyinchalik moddiy-texnik yordam tarmog‘idan global ambitsiyalarga ega jihodchi tashkilotga aylanadi. «Tolibon» rejimi esa «Al-Qoida»ni Afg‘onistonga taklif qiladi. Iroqdagi «Al-Qoida» esa 2006 yilda boshqa ekstremistik guruhlardan ajralib, Iroq Islom Davlati nomini oladi. 2011 yildan keyin bu tashkilot Suriyadagi urushda to‘liq ishtirok etadi va o‘z nomini Iroq va Shom islom davlati (IShID) deb o‘zgartiradi. Shu tariqa «Al-Qoida» bilan uning yo‘llari ayriladi. Bu uch tashkilot o‘rtasidagi umumiylik - ular sunniy mazhabiga e'tiqod qilishadi. BBC muxbiri bilan suhbatda London qirollik kollejida dars beruvchi Mishel Groppi shunday deydi: «Barcha uch tashkilot ijtimoiy va siyosiy hayot din bilan uzviy bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Ular shariat qonunlari amalda bo‘lishi uchun kuch qo‘llashni to‘g‘ri deb bilishadi». «Al-Qoida» 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi egizak minoralarga qilingan hujumlar bilan yaxshi tanish. Ushbu tashkilot o‘zining yuqori ta'sirchan usullari bilan butun dunyo musulmon jangchilarini safarbar qilish orqali AQShni Yaqin Sharq, ayniqsa, Saudiya Arabistoni va muqaddas joylardan haydashni maqsad qilgan. Garchi bu tashkilotlarning targ‘iboti jihod har bir musulmonning burchidir, degan fikr atrofida aylansa-da, ularning asosiy e'tibori mahalliy musulmonlarga qaratilgan. Baymanning aytishicha, IShID ham masalaga shunday yondashadi, biroq uning yondashuvida o‘ta keskinlik ko‘zga tashlanadi: «IShID uchun terrorizm inqilobiy urushning bir parchasidir. U hukmronligi ostidagi hududlarda ommaviy qatllar va zo‘ravonliklarni amalga oshirdi. Mahalliy aholini bo‘ysundirish uchun uni qo‘rqitishga harakat qildi. «Al-Qoida» esa «muloyimroq» yondashuvga ega». Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling