Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-MAVZU. DINIY FUNDAMENTALIZM, RADIKALIZM VA TERRORIZMNING TARIXI VA YO`NALISHLARI. Reja
- Tayanch tushunchalar: Diniy ekstremizm, terrorizm, jihod, johiliya, aqidaparastlik, diniy fanatizm, fundametalizm, diniy bag’rikenglik, mutaasablik
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Missionerlik deganda nimani tushunasiz? Prozelitizm nima? Missionerlik uyushmaridan qaysilarini bilasiz? Sekta nima? Missionerlar o’z faoliyatlari davomida maqsadlarini amalga oshirish uchun qanday usul va vositalardan foydalanadilar? 13-MAVZU. DINIY FUNDAMENTALIZM, RADIKALIZM VA TERRORIZMNING TARIXI VA YO`NALISHLARI. Reja: Mutaasablik, ekstremizm, aqidaparastlik, radikalizm, fundamentalizm, terrorizm, xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmun mohiyati. Diniy fundamentalizmning tarixi va rivojlanish bosqichlari. Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzutilgan diniy ekstremistik harakatlarning maqsadlari. Al-Qoida, ixvanul muslimin, ISHID, boko xaram tashkilotlarining dunyo hamjamiyati xavfsizligiga tahdidi, ularga islom tashkilotlari va musulmon ulamolari tomonidan berilgan raddiyalar. O‘zbekistonda sodir etilgan terroristik harakatlar va ularning barqaror taraqqiyotga ta’siri: Turkiston islom harakati, xizbut tahrir, akromiylar, vahobiylik va nurchilik harakatlari tarixi, maqsadlari. O’zbekiston davlat siyosatida radikal oqimlarga qarshi kurashning yo’nalishlari. Tayanch tushunchalar: Diniy ekstremizm, terrorizm, jihod, johiliya, aqidaparastlik, diniy fanatizm, fundametalizm, diniy bag’rikenglik, mutaasablik. 1-Reja bayoni. Mutaasablik, ekstremizm, aqidaparastlik, fundamentalism, terrorizm, xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmun mohiyati. Diniy fundamentalizmning tarixi va rivojlanish bosqichlari. Manbalar diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan dalolat beradi. Shunday bo‘lsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etish lozim. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanganini e’tirof etish joiz. Mazkur yo‘nalishda kishilik jamiyati oldida kompleks vazifalar dolzarb bo‘lib turibdi. Shu boisdan ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «Diniy ekstremizm va fundamentalizm bizning mintaqamiz uchun tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni bevosita tahlil qilishga kirishishdan oldin e’tiborni odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bog‘liq har qanday muammo g‘oyat nozik ekanligiga, ularning dinning ma’naviy qadriyatlari bilan bog‘liq shiorlardan, xususan, islomni qayta tiklash shioridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko‘zlayotgan, dinga aloqasi bo‘lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o‘rtasidagi farqni tushunib olishlariga erishish zarurligiga qaratishni istardim» - degan so‘zlarini doimo yodda tutmoq lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi kunda aholi, ayniqsa, yoshlar, turli soha vakillari orasida tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, diniy mutaassiblikning mohiyati, tarixi, zamonaviy ko‘rinishlari, g‘oyaviy-aqidaviy asoslarini tahlil qilish ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Zero, ilmiy istilohda qo‘llanayotgan «fundamentalizm», «aqidaparastlik», «mutaassiblik», «ekstremizm», «terrorizm» Kabi atamalar deyarli barchaga tushunarli bo‘lsa-da, har kishi ularni o‘zicha talqin etishi mumkin. Keng ma’noda bu atamalar qonuniy hokimiyatga qarshi kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir. «Fundamentalizm»– (lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko‘rinishini anglatadi. Diniy fundamentalizm esa, «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. «Aqidaparastlik»– («aqida» – arabcha – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. «Mutaassiblik» – (arab. «g‘uluv ketish», «chuqur ketish»; fransuz. «fanatizm» – «ibodat») muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» qarash hamda g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etishi, ularni tan olmaslikda namoyon bo‘ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. «Radikalizm»– (lotin. «tomir», «ildiz», «o‘zak») maqsad-muddaoni keskin, murosasiz amalga oshirish, u yoki bu ishdagi mavjud ahvolni tubdan o‘zgartirishga intilishni anglatadi. «Ekstremizm»– (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarash va harakatlarni anglatadi. Bunday harakatlarga diniy tus berish diniy ekstremizmga olib keladi. «Diniy ekstremizm» – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddizm, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. «Terror»– (lotincha – «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida dahshat va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizmshaklini oldi. Xalqaro terrorizm-Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U alohida siyosiy arboblarni o‘ldirish yoki ularga qasd qilish orqali xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan buzg‘unchi siyosiy harakatlarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Terrorchilik harakatlarining: - xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani; - davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi; - a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi; – ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi; – ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi; – tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi uning xalqaro terrorchilik xuruji ekanini ko‘rsatuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko‘rilishiga olib keladi. Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi mutaassib, radikal fikr va aqidaparast qarashlarning paydo bo‘lishi bilan amalga oshadi.Mutaassiblik, aqidaparastlik orqali diniy ekstremizm kelib chiqsa, ekstremizm orqali terrorizmga zamin tayyorlanadi. Aslida, islom niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlar tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning ildizlari uzoq moziyga borib taqalishini ko‘rish mumkin. Hazrati Ali (r.a.) davrida paydo bo‘lgan, o‘zlarini haqiqiy musulmon, saflariga qo‘shilmaganlarni “dindan qaytgan” deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan “xorijiylar” (arabcha–ajralib chiqqanlar, isyonchilar) diniy-siyosiy oqimi faoliyati fikrimizning isboti bo‘la oladi. Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofi’ ibn al-Azraqdir (vaf. 685 y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha etib kelmagan. IX asr oxirida Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar ekstremistik harakati ham islom arkonlarini tan olmagan holda, haj amalini ham bid’at, butparastlik deb e’lon qilgan edi. Harakat o‘z nomini uning asoschisi Hamdon ibn al-Ash’asning laqabi Qarmat so‘zidan olgan bo‘lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha “kalta oyoq” yoki “qizil ko‘z” kabi ma’nolarda ifodalangan. Qarmatiylar islom tarixida o‘chmas dog‘ qoldirgan jinoyatlarni sodir etgan. Ular haj mavsumlarida karvonlarga hujum uyushtirib, bosqinchilik bilan shug‘ullangan. Xususan, 930 yilda ular Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Bahraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko‘rgan “hashshoshiylar” (arabcha–hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadida ularga xayrixoh bo‘lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko‘plab hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Evropa mamlakatlari rahbarlari o‘z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga to‘lov to‘lashga majbur bo‘lgan. Ingliz tilidagi suiqasd ma’nosini anglatuvchi “assassinate” so‘zi ham aynan “hashshoshiy” atamasidan kelib chiqqani oqimning o‘z davrida davlatlar xavfsizligiga katta tahdid tug‘dirganidan dalolat beradi. SHu bilan birga, “hashshoshiylar” zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng qo‘llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand moddalarni iste’mol qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan. Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida cheksiz nizolar, kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chiqib, katta talofatlarga va jamiyatning inqiroz tomon yuz tutishiga sabab bo‘lgan. Buzg‘unchilik va zo‘ravonlikka asoslangan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliyati o‘z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralanib, sultonlar tomonidan ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, Umaviy va Abbosiy xalifalar xorijiylarni butunlay qirib tashlash siyosatini olib borgan edilar. Islomning mohiyatiga butunlay zid bo‘lgan bunday oqimlarning barchasi oxir oqibatda tanazzulga duchor bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, yuqorida qayd etilgan oqimlarning g‘oyalari va amaliyot shakllari keyingi davrlarda ham rivoj topganini aytish joiz. Xususan, VII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, to XVIII asrning oxiriga qadar islom olamida davom etib kelgan diniy-ekstremistik harakatlar inqirozga uchragan bo‘lsa ham, oradan oz muddat o‘tib, ular tomonidan talqin qilingan g‘oyalar zamonaviy ko‘rinishdagi turli mutaassib guruhlar etakchilari mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qildi va bu bilan diniy-ekstremistik harakatlar rivojining yangi davri boshlandi deyish mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling