Diniy fundamentalizm, ekstremizm va fanatizm tushunchalarining tahlili
Download 101 Kb.
|
Diniy ekstremizm, aqidaparastlik va fundamentalizm terrorizm tushunchalarining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy fundamentalizm, ekstremizm va fanatizm tushunchalarining tahlili
Diniy ekstremizm, aqidaparastlik va fundamentalizm terrorizm tushunchalarining mazmun mohiyati. Diniy ektremizm va terrorizm moliyaviy manbalari Reja: 1.Diniy fundamentalizm, ekstremizm va fanatizm tushunchalarining tahlili. 2.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruxdagi siyosiy partiyalar tuzishning taqiqlanishi. 3. Vahhobiylik va boshqa diniy ekstremistik harakatlar, uning ijtimoiy-siyosiy g`oyalari, maqsadlari, kO`rinishlari Diniy fundamentalizm, ekstremizm va fanatizm tushunchalarining tahlili Diniy ekstremizm-muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm O`z aqidasining shak-shubhasiz tO`g`riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzushda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Islom modernizmi-islom diniy va ijtimoiy ta`limotini yangi zamon sharoitlariga muvofiqlashtirish, islom dinining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy muammolarga taaluqli aqidalarini yangicha talqin etish, xO`jalik hayotini tartibga solish va islom prinsiplari asosida yangi taraqqiyot modellarini ishlab chiqishini islom modernizmi O`z oldiga asosiy maqsad qilib oladi. Keng ma`noda-islom modernizmi hozirgi ijtimoiy hayot va ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga islom ta`limotini moslashtirish harakati-dan iborat. Islom modernizmi dinda “ijtihod eshiklari ochiq” degan prinspga amal qiladi. Modernistlar “g`ayriislom” olami bilan hamkorlik qilishni, hatto islom va “g`ayri islom” madaniyatlarini biriktirishni yoqlab chiqadilar. Islom traditsionalizmi tarafdorlari O`rta asr aqidalariga izchil amal qilib, dinni har qanday isloh qilishlarga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha dinda “ijtihod eshiklari yopiqdir”. Islom traditsionalizmi milliy ong sohasida islomni millatchilikka qarshi qO`yadi, yani musulmonlar qaysi millatdan bO`lishiga qaramay islom aqidalariga sO`zsiz amal qilishi kerak, ijtimoiy ong sohasida esa musulmon jamoasi a`zolari-ummatlar teng huquqli, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas degan konsepsiyani ilgari suradilar Islom fundamentalizmi. I.Karimov “O`zbekiston XXI asr bO`sag`asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” degan chuqur mazmunli kitobining “diniy ekstremizm va fundamentalizm” nomli bO`limida mazkur muammo sarlavhasidagi masala ham batafsil yoritilgan. Haqiqatan ham diniy fundamentalizmning kelib chiqishi O`zining uzoq tarixiga ega bO`lsa-da, bu jarayonning jonlanishi XX asrning oxirgi choragida yuz bergan edi. HO`sh, diniy fundamentalizm, shu jumladan islom fundamen-talizmi va uning kelib chiqishi, mohiyati deganda nimani tushunmoq kerak? Bu savolga qisqa javob quyidagilardan iborat: Fundamentalizm tushunchasining asl kelib chiqish ildizini respublikamiz olimlaridan prof. H. Karomatov O`zining “Funda-mentalizm yohud tO`qlikka shO`xlik” degan maqolasida juda O`rinli dalillar bilan asoslab bergan. Bu olimning ta`kidlashicha, hozirgi vaqtda fundamentalizm deganda aksariyat hollarda islom fundamen-talizmi nazarda tutilyapti. “Aslida,-deb yozgan edi u, -fundamentalizm 20 asrda xristian “modernizmi”ning rivojiga qarshi vujudga kelgan O`ziga xos xristian oqimiga berilgan nomdir. Mazkur modernizm turli sohalarda aks ta`sir tug`dirib, Amerika QO`shma Shtatlarida ayniqsa shiddatli tus oldi”. Maqola muallifi bu fikrni davom ettirib, yozadiki, 20 asrning oxirgi choragida islomning qayta jonlanishi jarayoniga uzviy bog`liq bO`lgan oqimlar, harakatlar shu nom bilan ataladigan bO`ldi. Islom fundamentalizmi, musulmon fundamentalistlari degan atamalar shu tarzda ishlatila boshlandi; bu atama ortodoksal islomning tiklanishi va shu xususdagi tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Shu tariqa u hozirgi zamon islomidagi uch oqimning biriga aylandi. Qolganlari islom traditsionalizmi va modernizmidir. Olimlarimizning fikricha, an`anaviy islom tarqalgan mamlakatlar-Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Turkiya, Eron, Pokiston, Saudiy Arabistoni, Suriya, Iroq kabi mamlakatlar jahon mustam-lakachilik sistemasi parchalangandan sO`ng mustaqil rivojlanish yO`liga O`tgan edilar. Natijada asrimizning 80-90 yillarida ularda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy siljishlar negizida butun dunyoda diniy omil, ayniqsa islom omili faollashgan edi. Bu davrda ikki bir-biriga zid mayl dunyoga kelgan edi. Bir tomondan, butun dunyoda diniy e`tiqodning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotdagi mavqei tiklana boshlagan edi; ikkinchi tomondan bu maylga qarshi mafkuralarga moyillik shakllangan edi: bu ikki mayl orasida ziddiyatlar yuzaga kelgan edi. Mazkur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy ziddiyatlar asosida “islom omili”, “islom uyg`onishi”, “islom fenomeni”, islom fundamentalizmi degan atamalar, “islomlashtirish”, “siyosiylashti-rilgan islom” kabi tushunchalar va ular bayrog`i ostida turli oqimlar paydo bO`ldi. Bular qatoriga “musulmon birodarlari”, “Xizbullox”, “vahobiylik” “Hezbi islomiya” kabi O`nlab tashkilot, partiya, uyushmalar kirardi. Bular ekstremistik, terroristik xususiyat kasb etgan edi. Vahhobiylar fundamentalizmda, binobarin, aqidaparastlikda Ibn Hanbal ta`limotidan ham sO`llashib, maqsad va ta`limotlari O`tmagan hududlarda kuch, hatto qilich ishlatishga jahdu-jadal qilganlar. Ularning ta`limoticha payg`ambar, musulmon olamining azizlari qabrlarini ziyorat qilish bid`at hisoblangan, faqat Ollohga sig`inish farzdir deb targ`ib qilingan. Ular sufiylar ta`limotini islomga zid deb da`vo qilganlar. Haj safarini tO`xtatganlar, unga hohishi bO`lgan talabgorlarni faqat katta tO`lovlar evaziga amalga oshirganlar. Fundamentalistlar va ularning izdoshlari islom madaniyatiga katta shikast yetkazganlar. Ular tamaki chekish, ipak kiyim-bosh kiyish, tasbeh O`girib yurishni man qilganlar, erkaklardan soqol oldirmaslikni, ayollardan hijobga bosh-oyoq O`ralib yurishni talab etganlar. “Vahhobiylar,-deb yozgan A.Begmatov,-iymoni-shariatdagi asosiy usullaridan birini ham inkor qilishadi. Ijmo musulmon jamoasining yakdillik bilan chiqargan fikri, hukmi asosida ish kO`rilishidir.” Aqidaparast vahhobiylar, umuman fundamentalistlar nisbatan uyushgan, jangovar, siyosatda ham, dinda ham ekstremist bO`lganlari uchun O`zga mazhab va harakatlar ustidan harbiy va mafkuraviy jihatlardan tez, oson g`alaba qilib, butun Arabiston yarim .oroliga tarqalganlar, hokimiyatni qO`lga olganlar. Oybek Hamdamovning “Ezgulikka chog`lanmagan musulmon emas” degan maqolasida qayd qilganidek, “vahhobiylar O`tgan asrda hokimiyat tepasiga kelish uchun 3000 odamni Ka`baning oldida shahid qilganlar”. Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling