Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


-MAVZU. DUNYO HAMJAMIYATINING EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TAJRIBASI


Download 1.82 Mb.
bet108/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

14-MAVZU. DUNYO HAMJAMIYATINING EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TAJRIBASI.
Reja:
1.Xalqaro tashkilotlarning terrorizmga qarshi kurashi.
2.Global terrorizmga qarshi global hamkorlikning yo‘nalishlari: BMTning global antiterror strategiyasining asosiy yo‘nalishlari: terrorizmning tarqalishi uchun qulay sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar, terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlatlarning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirish, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga umumiy hurmatni ta’minlash.
3.Shanxay hamkorlik tashkiloti va mintaqaviy antiterror tuzulmasi faoliyatining ahamiyati.
4.O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi.
5.O’zbekistonda diniy terrorizmga qarshi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasining ahamiyati.


1-Reja bayoni. Xalqaro tashkilotlarning terrorizmga qarshi kurashi.
Terrorizm va ekstremizm dunyo hamjamiyati uchun hanuzgacha asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Insoniyat hamon diniy mutaassiblik, radikalizm, zo‘ravonlik va terrorizm xurujlaridan aziyat chekib kelmoqda. Aholi orasidagi diniy qatlamni radikallashuvi ularni zo‘ravonlikka undaydi hamda tinchlik, xavfsizlik, jamiyat va inson huquqlarining barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Hozirgi vaqtda biror-bir davlat jangovar ekstremizm va terrorizm oqibatlaridan to‘liq himoyalangan emas. Ko‘plab davlatlarda hozirgacha yuqori darajadagi terror xavfi saqlanib qolmoqda. Zo‘ravon ekstremistlar tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik holatlari jamoalar o‘rtasida nizo urug‘ini sepib, ksenofobiya, islomofobiya va jamiyatda qarama-qarshi ekstremistik qarashlarning tarqalishiga yordam bermoqda. 
Uzoq tarixga ega bo‘lishiga qaramasdan bugungi zamonaviy terrorizm tarixdagi terrozimdan farq qiluvchi jihatlarga ega. Birinchidan, zamonaviy terrorizm ko‘proq milliy darajada sodir bo‘lgan oldingi klassik ko‘rinishdan farqli ravishda global miqyosda namoyon bo‘lmoqda. Ikkinchidan, zamonaviy terrorizm avvalgilariga qaraganda yana ham shavqatsiz, tajovuzkor va kutilmaganda namoyon bo‘ladi. Zamonaviy terrorizmning shu jihatlaridan uni tahmin qilishni, rejalashtirishni va unga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘rishni yanada qiyinlashtiradi. Nyu-York, Madrid, London, Parij, Istambul, Nisa, Bryussel, Dakka va Bag‘dodda sodir bo‘lgan aktlar terrorchilik xurujlarini oldindan aytib bo‘lmasligi, uning qattolligi hamda makon tanlamasligini namoyish qildi. Terrorizmning avvalgi ko‘rinishlari asosan separatizm, millatchilik, din va diniy mazhablar o‘rtasida, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa zamonaviy terrorizm to‘lqini diniy burch hissi va diniy aqidaparastlik mafkurasi bilan yo‘g‘rilgan. 
Rik Kulset va Struye de Svilendning ta’kidlashicha, terrorchilar mafkurasi asosan siyosiy va diniy nuqtai nazardan pishib yetilmagan kishilarda namoyon bo‘ladi. U mutaassiblarning utopik qarashlari bilan buzib ko‘rsatiladi va ko‘plab dindorlar uchun tushunarsizdir. Zamonaviy terrorizmning mafkuraviy va diniy asoslarining ishonchsizligini unga qarshi kurashda samarali qo‘llashda terrorizm va ekstremizm mafkurasining zaif nuqtalaridan biri sifatida qarash mumkin. Professor Hamid as-Saidning bu boradagi fikriga ko‘ra terrorchilar ustidan g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsak ularning mafkurasini yengish kerak, sababi g‘oyalar kurashi ularga “strategik kurash” kabi ko‘rinadi.
Radikal diniy mafkura o‘z tashviqotini siyosatchilar, mahalliy ulamolar va diniy tashkilotlarga qaraganda tez, ilg‘or hamda samarali tarqatmoqda. Mutaxassislar va ilmiy tadqiqotchilar terrorizmga qarshi kurash faqatgina jismoniy kurash holatida davom ettirish foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishini ta’kidlashgan. Shundan kelib chiqib, diniy aqidaparastlar hamda ekstremistlarni o‘z g‘oyalaridan qaytarish va ularni ijtimoiy reablitatsiya qilish bo‘yicha “aqlli” va “yumshoq” dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu kabi dasturlarni avvalo diniy ekstremizm va terrorizm faoliyatida ishtirok etgani uchun sudlangan shaxslar, shuningdek boshqa jinoyatlar bilan ayblanib hukm qilingan, ammo jazoni ijro etish muassasalarida diniy ekstremistik tashkilotlarga qo‘shilib qolgan mahkumlarda tatbiq qilish lozim. Qamoqxonalarda ekstremistik qarashlarning tarqalishi muammosi ko‘plab mamlakatlarda mavjud. Jumladan, respublikamiz qamoqhonalarida ham bunday radikallashuv jarayonlari uchrab turishi haqida aytish mumkin.
Hozirgi kunda diniy ekstremistik oqimlar g‘oyasidan qaytarishning yumshoq dasturlarini amalga oshirish tashabbuslari ko‘plab mamlakatlarda, xususan, Irlandiya, Kolumbiya, Norvegiya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya va boshqa shu kabi davlatlarda amalga oshirilmoqda. Diniy ekstremistik oqimlar g‘oyasidan qaytarishning yumshoq usullari samaradorligi Sinay, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda “Contest” ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi dorasida, Birlashgan Arab Amirliklarida “Hidoya”, “Savob” singari ekstermizm va terrorizmga qarshi kurash markazlari faoliyati dorasida, Saudiya Arabistonida “Munasaxa”, Misr Arab Respublikasida esa “Ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha al-Azhar observatoriyasi” va boshqa markazlar faoliyati doirasida amalda isbotlangan. Karnegi jamg‘armasi tadqiqotchisi Kristofer Busek, general Petrus Golos va boshqalar Indoneziyaning deradikallashuv dasturini tahlil qilib shunday xulosaga kelgan: “deradikalizasiya dasturlari terrorizm va radikallashuvdan qutilishning eng samarali usuli, chunki ushbu dasturlar muammoni tubdan hal qiladi”. Shuni ta’kidlash joizki Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlarida amalga oshirilgan deradikallashtirish dasturidan o‘tgan ekstremistlar orasida yana ekstremizm yo‘liga qaytish holatlari ham kuzatilgan. Yumshoq dasturlar orqali ekstremistik oqimlar g‘oyasiga qarshi kurashuvchi markazlar sirasiga Qozog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi “Ansar” reablitasion-maslahat markazini ham kiritish mumkin. 
Mamlakatimizda diniy ekstremistik oqimlar g‘oyasidan qaytarishning istiqbolli dasturlari mavjudligiga qaramay, bu tor doiradagi o‘ziga xos sohada olib boriladigan ishlarning nazariy tomonlari va amaliy metodlari rivojlanish jarayonida ekanligini tan olish lozim. Bundan tashqari, yumshoq deradikallashtirish usullari toboro ommalashib borayotgan bo‘lsada, bunday usullarning o‘ziga xos shart-sharoitlari, tarkibiy qism va texnikalari to‘g‘risida ma’lumot juda ham cheklangan.
Diniy ekstremizmga qarshi kurash borasida izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar deradikallashtirish – bu diniy, psixologik, ijtimoiy va oilaviy reablitasiyani talab qiladigan murakkab jarayonlar majmuasi ekanligini aytadilar. Doktor Hamid Saidning ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli deradikallashtirishni amalga oshirish uchun mikro va makro darajalarda ham muayyan shart-sharoitlarni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda butun dunyo uchun xatarga aylanib ulgurgan diniy ekstremizm va terrorizm muammosiga qarshi kurashishda ekstremizm va terrorizmning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan turli chora-tadbirlarning barchasi tizimli bo‘lishi kerak. Radikal mafkurasiga qarshi barcha uchun tushunarli bo‘lgan diniy g‘oya qo‘llanishi lozim. Ayrim zamonaviy musulmonlarning diniy qarashlari siyosiylashtirilgan va mafkuraviydir. Shu munosabat bilan ularning qarashlarini siyosat va mafkuradan ijtimoiylashuvga o‘zgartirish o‘ta dolzarbdir.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling