Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish


Download 1.82 Mb.
bet123/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

Uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish
Bugungi kunda chet elda uzoq muddat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘pincha ekstremistik va terroristik tashkilotlar emissarlarining mafkuraviy ta’siri ostiga tushib qolmoqdalar. Bunda uchinchi davlat hududi xalqaro terrorchilik tashkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etish maqsadida yollash va faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarga yuborish uchun “asosiy makon” vazifasini bajarmoqda.
Xorijda uzoq vaqt bo‘lgan fuqarolarning xalqaro ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar safiga yollash jarayonini o‘rganish bunday salbiy hodisaga olib keladigan quyidagi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi, xususan:
a) chet elda bo‘lgan fuqarolarda, ayniqsa yoshlarda begonalashuv va psixologik noqulayliklarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy moslashuv bilan bog‘liq qiyinchiliklar;
b) shakllangan an’analar yordamida xulq-atvor va ijtimoiy axloqni saqlashga, shuningdek, g‘oyaviy immunitet shakllanishiga yordam beradigan odatiy ijtimoiy aloqalardan, qarindosh va yaqinlar, mahalla va jamoatchilikning nazoratidan uzilish;
v) chet elda uzoq muddat yurgan fuqarolarni himoya qilishga oid normativ-huquqiy bazaning zamonaviy talablarga javob bermasligi;
g) turli xil kanallar orqali O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan ayrim davlatlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik choralarning samaradorligi pastligi;
d) O‘zbekiston Respublikasi va fuqarolarimiz bo‘lib turgan mamlakatlarning davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda mavjud muammolar va boshqalar.
O‘zbekistonda xorijdagi fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini, ayniqsa band bo‘lganlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, ularni ekstremizm va terrorizm mafkuralarining salbiy ta’siridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Strategiyani amalga oshirish jarayonida mazkur yo‘nalishda quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolishlarining sabab va shart-sharoitlari hisobga olinishi lozim:
a) uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolish muammosini hal etish uchun tizimli va muvofiqlashgan yagona yondashuvni shakllantirish;
b) uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi ta’siridan himoya qilish masalalariga oid normativ-huquqiy bazani, shu jumladan xalqaro shartnomalarni takomillashtirish;
v) ushbu toifadagi shaxslar va oila a’zolariga ruhiy hamda moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular orasidan ijtimoiy zaiflarini aniqlash;
g) chet elga ketayotgan fuqarolarni borgan joyida ijtimoiy-madaniy moslashuvi, shuningdek ularga ekstremizm va terrorizm mafkuralari tahdidlarini tushuntirish bo‘yicha profilaktik ishlarning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
d) chet eldan O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar bilan tizimli filtr-profilaktik ishlarini tashkil qilish;
e) xorijiy mamlakatlarning davlat organlari bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish va ishlarni muvofiqlashtirish;
j) uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish ishlariga davlat va jamoat tashkilotlarining to‘plangan ilmiy salohiyatini jalb qilish va ulardan foydalanish.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling