Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daosizm asoschisi kim
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Yahudiylik dini qaysi vaqtda vujudga kelgan? Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi? Yahudiylik dinining asosiy ta'limoti nimalardan iborat? Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan qanday farqi bor? Braxmanlik jamiyatni qanday tabaqalarga bo‘ladi? Hinduiylik qanday dinlar qatoriga kiradi? Hinduiylik ta'limoti nimalardan iborat? Konfutsiychilik nima asosida vujudga kelgan? Konfutsiychilik Xitoyda qanday mavqyega ega edi? Daosizm asoschisi kim?3-MAVZU. ZARDUSHTIYLIK DINI.Reja: Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit. Zardushtiylik ta'limoti. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal tamoyili. Govmard va shoh Yima. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi. “Avesto” matnlari. Avestoning tarkibiy tuzilishi. Tayanch so`z va iboralar: Zardusht, Axuramazda, Axriman, “Avesto”, «Gat», ko’p xudolik, yakka xudolik, ezgu fikr, ezgu so’z ezgu amal, «Vadovdot» visparad, vidavdod, 1-reja bayoni. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo'lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI Asrlarda dastavval O'rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo'lgan. Uning payg'ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik – ilgarigi diniy tasavvurlar va kup xudochilikka asoslangan diniy e'tiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko'p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo'lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e'tirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir. Zardushtiylik paydo bo'lgan vaqt quldorlik tuzumi endigina paydo bo'layotgan davr edi. U urug'-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga bo'linayotgan davr bo'lgan. Bu din eng avval O'rta Osiyo, so'ng Eron, Ozorbayjonda qaror topgan edi. Zardo’shtning diniy islohotini tushunish uchun o’sha davr Movarounnahr ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli va siyosiy vaziyatini e’tiborga olish kerak. Gap shundaki, Movarounnahr iqlimining nisbatan mo’tadilligi, geografik jihatdan ikki qit’a o’rtasida joylashgani sababli savdo-sotiqning kuchayishi bu yerlarda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Ayni chog’da xunarmandchilik, chorvachilik va ovchilik ham rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa, Farg’ona vodiysida qorabayir zotiga o’xshash otlar boqish keng ko’lam olgani ham ijtimoiy hayotda katta rol o’ynaydi. Uning ustiga mis va qo’rg’oshin konlariga boy bo’lgan Oltoyning yaqinligi bu yerda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bo’ldi. Zardo’sht yashagan davrda o’troqlik turmushi afzalligi yaqqol namoyon bo’lgan, ammo unga qabilalar o’rtasidagi qirg’inbarot urushlar raxna solayotgan edi. Urushlar ko’pincha xarajatlar bir qabila va elatning o’z xudolariga ko’plab qurbonliklar qilish odatlari zaminida ham yuzaga kelardi. O’z davrining koxinlari, sehrgarlari va mo’’tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardo’sht yuqoridagi odatlarini bartaraf etish va xalqlarga tinch mehnat bilan shug’ullanish imkonini yaratish uchun ko’pxudolik e’tiqodlariga va otashparastlikka barham berib, yakkaxudolik (arabcha Alloh ) ga sig’inishni targ’ib etish deb bildi. Shoh Vishtasia farmoniga binoan «Zardo’sht 1200 bobdan iborat pandnomasi «Avesto»ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan» - deydi Firdavsiy. Keyinchalik u «Kitob» 12 ming ho’kiz terisiga bitilgan, makedoniyalik Aleksandr Sharqni zabt etganda uning nodir nusxasini Elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini yoqtirgan» «Avesto» eng qadimiy yakka xudochilikka asoslangan dinnning birinchi muqaddas kitobi bo’lib, e’tiborli tarixiy manba va madaniyat yodgorligi hisoblanadi. Unda dastlabki falsafiy qarashlar bilan diniy -afsonaviy tasavvurlar uyg’unlashib ketadi; shu zaminda ma’naviy - axloqiy barkamol odam ezgulikni barqaror qila oladigan kurashchan, adolatparvar insonni shakllantirish g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi. Zardusht yashagan davrda o'troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bo'lgan. O'z davrining kohinlari, sehrgarlari va mo''tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht xalqlarga tinch mehnat bilan shug'ullanish imkonini yaratish uchun kupxudolik e'tiqodlariga va otashparastlikka barham berib, yakkaxudolikka sig'inishni targ'ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan. Zardushtiylik eradan avvalni VII-VI asrlarga xos bo'lgan din sifatida undan oldingi urug'-qabilachilik dinlari negizida paydo bulgan yakkaxudolik dini. U eramizning to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so'ngra uning o'rnini islom egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va O'rta Sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling