Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Xristianlikning vujudga kelishi sabablari nimalardan iborat? Xristianlik ta’limotining asoslarini aniqlang. Xristianlikning muqaddas rivoyatlariga qaysi manbalarni kiritishimiz mumkin? Xristianlikning ulug‘ bayramlarini sanab bering. Qachon va nima sababdan xristianlikda bo‘linish vujudga kelgan? Katolitsizmning xususiyatlari nimalardan iborat? Katolitsizmda cherkovlarni boshqarishning o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat? Protestantizmning katolitsizmdan farqlarini aniqlang? Protestantizm qachon va qanday sabablarga ko‘ra vujudga kelgan? 6-MAVZU. ISLOM DINIReja: Islom dinining paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar. Payg‘ambarlik va vahiyning talqini. Dastlabki musulmonlar jamoasining tashkil topishi. Hijrat va Madinada tashkil etilgan ilk islom davlatida boshqaruv shakli. Islom dinining besh sharti. Qurʼon, hadis, fiqh, aqida ilmlarining shakllanish tarixi. Hozirgi davrda islom sivilizasiyasining ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar: Islom, Qur’oni Karim, aqida, Kalom ilmi, hadis, fiqh, sunniylik, shialik. 1- reja bayoni. Islom dinining paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit’asidagi Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Turkiya, kabi ko‘pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Evropa qit’asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo‘lagi islomga e’tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkaze va SHimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjud bo‘lib, bu xalqlar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yer yuzida Islomga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar qariyb 1,5 milliardga etadi va ular soni jixatidan xristianlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Islom so‘zi arabcha “Alloxga o‘zini topshirish”, “itoat etish”, “taslim bo‘lish”, “bo‘ysunish” ma’nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi bo‘lmish Qur’oni Karim VII asrda nozil bo‘lgan bo‘lsa-da, islom ta’limotiga ko‘ra bu din, er yuzida insoniyat paydo bo‘libdiki, barchalariga nozil qilingan. Muhammad a.s. avvalgi payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar – Nabiy va Rasul deb tan olinadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling