Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


-MAVZU. ZAMONAVIY DINIY HARAKATLAR VA SEKTALAR


Download 1.82 Mb.
bet70/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

10-MAVZU. ZAMONAVIY DINIY HARAKATLAR VA SEKTALAR.
Reja:

  1. “Yangi diniy harakatlar” tushunchasining mazmun mohiyati. “Yangi diniy harakatlar” ning noqonuniy harakatlari.

  2. Islom va boshqa diniy aqidalar sinkretlashuvi natijasida shakllangan diniy taʼlimotlar tarixi. Bahoiylik va qodiyoniylik harakatlari.

  3. Soxta xristianlik harakatlari. Krishnani anglash jamiyati. Aum-Sinrikyo harakati.

  4. O‘zbekiston Respublikasida faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoalar: “Ma’rifatchilar”, “Shohidiylar”, Baxshillochilar” jamoasi.

  5. Islom hamkorlik tashkiloti, Islom konferensiyasi tashkiloti, fan, ta'lim va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti.

Tayanch tushunchalar: Din, konfessiya, sekta, diniy tashkilot, missionerlik, xarizmatika, xristianlik, islom, buddaviylik, hinduiylik, Xitoy dinlari, O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar, mormonlar, Krishnani anglash jamiyati, Yahve shohidlari, Bahoiylik, Bobiylik, noan'¬anaviy diniy oqimlar, Ahmadiylik


1-reja bayoni.“Yangi diniy harakatlar” tushunchasining mazmun mohiyati. “Yangi diniy harakatlar” ning noqonuniy harakatlari.
Bugungi kundagi o‘zgarishlar haqida so‘z ketar ekan quyidagilarni alohida qayd etish lozim. Eng avvalo, shakllangan dinlar doirasida muayyan o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan yangi yo‘nalish va sektalarning paydo bo‘lishi davom etmoqda. Masalan, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Sekta so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub bo‘lgan ko‘plab sektalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar. Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish hududida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini ta’kidlash zarur. Masalan, o‘tgan asrda asosan xristianlar yashab kelgan Evropada bugungi kunda 20–25 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniyada – 3 million, Germaniyada – 5 million, Fransiyada – 6–7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, hozirda aynan islom e’tiqodchilari soni eng tez ko‘payib borayotgan din hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989 yildan 2011 yilga qadar musulmon aholi soni SHimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Evropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan. Bunday o‘zgarishlar, bir tomondan, globallashuv keltirib chiqarayotgan odamlar migratsiyasi natijasida, ikkinchi tomondan, kishilarning buddaviylik, ko‘pgina hollarda va asosan islomni ongli tarzda qabul qilishi bilan bog‘liq. Shuningdek, aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga e’tiqod qilib kelgan o‘lkalarda xristianlikni yoyishga intilish kuzatilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra xristianlikning o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi. Mazkur jarayon ayrim xristian tashkilotlari va yo‘nalishlarining faol missionerlik harakati natijasida sodir bo‘lmoqda.
Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asrning 70 yillarida Yevropa va AQShda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo‘lganligini ta’kidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, bu “o‘tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib, o‘zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqqatgo‘y” sifatida ko‘rsatdilar. YaDH to‘riga ko‘proq yoshlar ilindilar. YaDH qat’iy ta’limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilangan.
Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshirilgan. YaDHlarning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi. YaDHlar meditatsiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. YaDHlarning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. (Aum Sinrikyo (Tokio metrosi 10/5000 zah.), Quyosh ehromi (fransiya va Kanada) va b.). Diniy ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga:

  1. protestantlarning “ikkilamchi” birlashmalari – Iogov shohidlari, Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih serkovi (Boston harakati);

  2. soxta xristian harakatlar – Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion oxirgi Ahdi cherkovi, Oq birodarlar;

  3. sayentalogik kultlar – Xristian ilmi, Ron Xabbard sayentologiya markazi, Kloneyd, Oq ekologlar harakati;

  4. neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar – “Tirik axloq”(Agni yoga), Krishnani anglash jamiyati, Transsendental meditatsiya, Aum-Sinrekyo, Saxadja-yoga va b.);

  5. Yangi majusiy tashkilot va kultlar – “Runvira” ukrain milliy e’tiqodi cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti” va boshqalar kiradi.




Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling