Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo‘nalishi aynan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash
- “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”
- Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”
- Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi , Toshkent islom instituti ,“Mir Arab” oliy madrasasi , Hadis ilmi maktabi , 10 ta
- “Qur’oni karim va tajvid”
- “Alohida tashvish tug‘diradigan davlatlar ro‘yxati”
- “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini
5-reja bayoni. BMTning 72 sessiyasida diniy bag`rikenglik haqidagi rezolyusiyani qabul qilish haqidagi taklifning ijtimoiy siyosiy ahamiyati.
Ma’lumki, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalar singari fuqarolarning vijdon va diniy erkinligi sohasidagi Konstitutsion huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Qayd etish lozim, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo‘nalishi aynan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi. Uning mantiqiy davomi sifatida 2022 yil 28 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi dasturi to‘g‘risi”dagi PF-60-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu hujjatda ham yurtimizda istiqomat qilayotgan millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlik va diniy bag‘rikenglik masalalari ma’naviy taraqqiyotning muhim omili ekanligi belgilandi. Bugungi kunda, mamlakat miqyosida 16 ta konfessiyaga taalluqli 2335 ta diniy tashkilot rasmiy faoliyat olib bormoqda. Shundan 2142 tasi islomiy, 193 ta noislomiy tashkilotlar hisoblanadi. Ulardan 174 ta xristian diniy tashkiloti, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoalari, 1 ta Iyegova shohidlari jamoasi, 1 ta krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddaviylar ibodatxonasi va 1 ta O‘zbekiston Bibliya jamiyatidir. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi islohotlarning zamirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan xalqaro hamjamiyatga yuzlanib ilgari surgan tashabbuslarining ahamiyati ham yuqori. Xususan, davlatimiz rahbari 2018 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida O‘zbekistondagi islohotlar, inson huquqlari, demokratiya, yoshlar masalasi, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya, kabi qator global muammolar bilan bir qatorda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, bu borada BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tashabbus BMTga a’zo 193 ta mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va 2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida A/Res/73/128-raqamli “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi yakdillik bilan qabul qilindi. Mazkur rezolyutsiya nafaqat BMTning barcha a’zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan, balki 50 dan ortiq davlatlar hammuallifligida qabul qilingan edi. Mualliflar orasida Qirg‘iziston, Qirg‘iziston, Livan, Marokash, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Pokiston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Sudan, Tojikiston, Tailand, Ozarbayjon, Jazoir, Bahrayn, Belorussiya, Gana, Tunis, Turkmaniston, Filippin, Yaponiya va boshqa davlatlar bor. Rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi majlisida Kuvayt, BAA, Marokash, Ummon, Ozarbayjon, Panama, Yevropa Ittifoqi va boshqa qator davlatlar delegatsiyalari so‘zga chiqib, O‘zbekistonga o‘ta muhim va o‘z vaqtida ilgari surilgan tashabbus, shuningdek, uning matnini kelishish bo‘yicha norasmiy maslahatlashuvlar chog‘ida bildirilgan ochiqlik uchun minnatdorlik izhor qildi. “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining amaliy natijasi sifatida yurtimizda amalga oshirilayotgan diniy sohadagi ulkan islohotlarni ko‘rsatish mumkin. Jumladan, diniy sohada xalqaro tajriba asosida qonunchilik tizimi shakllantirildi. Buning yorqin dalili 2021 yilning 5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilinishi bo‘ldi. Qonunning qabuli qilinishi tarixiy voqea sifatida ko‘rsatish mumkin. Sababi, mazkur Qonunda tarixan shakllangan an’ana, urf-odat va qadriyatlarni inobatga olgan holda Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar ekspertlari tomonidan berilgan tavsiyalar ham o‘z aksini topgan. Qonun bir nechta muhim yangiliklar va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishni o‘z ichiga oldi. Xususan, mahalliy diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar va boshqa konfessiyalarning ibodatxonalarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor fuqarolar soni ikki barobar kamaytirilib, 50 nafardan kam bo‘lmagan holda etib belgilandi. Shuningdek, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta’lim muassasalarini tuzish uchun ham 100 nafar tashabbuskor bo‘lishi haqidagi talab bekor qilindi. Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar to‘liq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy etildi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi, ularni ko‘rib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, ya’ni 3 oydan 1 oyga tushirildi. Bu bilan ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi. Bundan tashqari, diniy ta’lim tizimi ham tubdan takomillashtirilib, yangidan-yangi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda respublikamizda dunyoviy va diniy ilmlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom instituti,“Mir Arab” oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 10 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat yuritmoqda. 13 ta oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida 2000 dan ziyod yoshlar bilim olmoqda. Ularga 255 nafar pedagoglar dars beradilar. Shu bilan birga, hududlarda maxsus ilmiy maktablar ham tashkil etilgan bo‘lib, ularda islom dini ta’limotlari o‘rganiladi, jumladan, Farg‘onada “Fiqh”, Samarqandda “Kalom” va “Hadis”, Qashqadaryoda “Aqida” va Buxoroda “Tasavvuf” maktablari o‘z tinglovchilariga egadir. Shuningdek, yurtimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk allomalarning hayoti va ijodini o‘rganishga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot markazlari ham faoliyat olib bormoqda. Fuqarolarning Qur’oni karimni o‘rganish yuzasidan xohish-istaklari va ehtiyojlarini qondirish maqsadida respublikada faoliyat olib borayotgan diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktablar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining ayrim viloyat vakilliklari qoshida, shuningdek, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qur’oni karim va tajvid” kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur kurslarni hozirgi kunga qadar 30 mingga yaqin tinglovchi tamomladi. Yurtimiz dindorlarining muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolarga borishlarini ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon mutasaddi tashkilotlarning doimiy tarzda har tomonlama yordami va ko‘magi ostida amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida jami 300 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz Saudiya Arabistoniga Haj va Umra ziyoratlariga, shuningdek, deyarli 3 mingga yaqin fuqarolar Isroil, Rossiya, Gruziya, Turkiya kabi davlatlarda joylashgan muqaddas maskanlarni ziyorat qilishga muyassar bo‘ldilar. 2022 yilgi haj mavsumiga esa tarixda ilk bor O‘zbekistondan 12 mingga yaqin ziyoratchilar o‘z ibodatlarini amalga oshirish uchun muqaddas Makka va Madina shaharlariga bordilar. 2023 yilda yuqoridagi ko‘rsatgichlar yanada oshishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan minglab mahkumlarning afv etilishi, fuqarolarning turli ro‘yxatlardan chiqarilishi, shuningdek, “Mehr” operatsiyalari doirasida mojaroli hududlardan ayollar va yosh bolalarning yurtimizga olib kelinishi, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibining soddalashtirilishi yuqori darajadagi islohotlar sifatida ekspertlar tomonidan e’tirof etildi. Qolaversa, O‘zbekiston so‘nggi 20 yilda AQShning “Alohida tashvish tug‘diradigan davlatlar ro‘yxati”dan chiqarilgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Xalqaro miqyosda diniy bag‘rikenglik tamoyilining joriy qilinishiga yana bir yorqin misol sifatida joriy yilning 16 - 20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o‘tkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini ko‘rsatish mumkin. Ushbu forum Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va AQShdan taniqli diniy ulamolar, ilohiyotchilar, huquqshunoslar, davlat va jamoat arboblarini bir joyga to‘pladi. O‘zbekiston tomonidan turli konfessiyalar vakillari, ilohiyotchilar, diniy ulamolar, tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirok etdi. Forum jahon hamjamiyatiga o‘zbek xalqining boy madaniy, tarixiy, ilmiy va ma’naviy merosi, shuningdek, O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy, dinlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, jamiyatda do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribasi bilan tanishish imkoniyatini beruvchi muhim platformaga aylandi. Xalqaro forum yakunida “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilindi. Ushbu hujjat avval qabul qilingan Marokash (2016), Jakarta (2017), Potomake (2018), Punto-del-Este (2018) va Makka (2019) deklaratsiyalarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Prezidentimizning tashabbuslari ila qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” BMT rezolyutsiyasi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof qilinishi bilan birga diniy bag‘rikenglikni ta’minlash dunyo miqyosida dolzarbligi va ahamiyatining nihoyatda yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Buyuk mutafakkir olim Imom Moturidiy hazratlari “Ta’vilot al-Qur’on” kitobida inson o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olgan holda ahloqiy bilim darajasini yuksaltirishi mumkin, degan edi. Bu esa zamonamizda turli yot g‘oyalarni targ‘ib qilish orqali dinlararo adovat qo‘zg‘atishga harakat qilayotgan kuchlarga nisbatan ishonib ketishdan saqlanish, fikr yuritib baho berish, vahima va jazava singari his-tuyg‘ularni junbushga keltirayotgan illatlardan saqlanishga go‘zal davatdir. Zero, biz yashayotgan yurt ilmlar diyori va iftixor makoni. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling