- Eritrotsitlar- qizil qon tanachalari yoki qonning yadrosiz hujayralari, shakl jihatdan ikki tomoni botiq uy noki shaklida bo’ladi. Inson organizmida 25 trillion eritrotsit bo’ladi. Har sutkada o’lgan eritrotsitlar o’rniga suyak iligidan 300 milliard yangi eritrotsit hosil bo’ladi.
- Eritrotsitlarning diametri 7 mikronga teng. Shunga qaramasdan, agar yerga terish imqoni bo’lganda, 3800 kv.m. yerni egallagan bo’lar edi. Eritrotsitlarni hayoti 30-120 kungacha davom etadi. Eritrotsitlarni shunchalik ko’p bo’lganligi uchun, butun organizm to’qima va hujayralarini kislorod bilan taminlab, organizm hayotiyligini saqlaydi.
- 1mm3 qonda ularning o’rta soni 4,5-5,5 mln eritrotsit bo’ladi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi, ular nafas organlaridan (o’pkadan) organizm to’qimalariga kislorod tashish va organizmda tuz va suv muvozanatini ushlash vazifasini bajaradi. Eritrotsitlarning tsitoplazmasida gemoglabin degan rangli modda bor. Gemoglabin ikki qismdan iborat: oqsilli qismi- globin va temirli qismi gemdan iborat. Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |