Qarshi davlat pedagogika universiteti
Download 56.22 Kb.
|
kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Holmurodova)
O‘qituvchi mutaxassisligining zamonaviy modelini tuzishda quyida-gilar
konsteptual asos sifatida qabul qilindi: o‘qituvchi yuqori darajadagi ilmiy – nazariy, psixologik – pedagogik, ilmiy – metodik tayyorgarlik orqali yuksak kasb – hunar madaniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ularning kasbiy tayyorgarligini orttirishda ilmiy – nazariy, psixologik – pedagogik, tarkibiy qismlar bilan uzviy ravishda ilmiy – metodik tayyorgarlikni amalga oshirish zarur; O‘qituvchining pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘zlashtirgan barcha bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatida xususiy metodik darajada, ya’ni mutaxassislik fanini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. SHu bois O‘qituvchi kasbiy tayyorgarligining tarkibiy kismlari ichida ilmiy-metodik tayyorgarlik etakchi o‘rin egallashi nazarda tutildi; o‘qituvchi ilmiy-metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari sifatida metodologik, gnoseologik, konstruktiv, kommunikativ, loyihalash va tashkiliy faoliyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash lozim; yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega bo‘lgan mutaxassis o‘zida ijtimoiy va ijodiy faollik, g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy etuklikni mujassamlashtirsa, yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sanaladi; pedagog kadrlar ijtimoiy va ijodiy faolligi, g‘oyaviy-siyosiy ma’naviy- ahloqiy etukligi o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligi va va ularning tarkibiy qismlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, g‘oyaviy–siyosiy ilmiy – metodik tayyorgarlikning tarkibiy kismi bo‘lgan metodologik malakali yuksak kasb – hunar madaniyatiga ega bo‘lgan metodologik bilim, ko‘nikma va malakalarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy va ijodiy faollik o‘qituvchining o‘z kasb-hunar madaniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashuviga va ijtimoiy faolligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; yuqori malakali raqobatbardosh pedagog bo‘lgan o‘qituvchi, o‘z nav- batida yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi, milliy istiqlol g‘oyalarini singdirgan shaxs sifatida, ta’lim-tarbiya jarayonidagi istiqbol vazi-falarni ilgari surish va hal etish orqali, jamiyat taraqqiyotiga muno-sib hissa qo‘shadi, hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri oladigan bo‘ladi; o‘qituvchini tayyorlashda kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qism-lari, yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr va shaxs sifa-tidagi xususiyatlarini yaxlit holda tasavvur qilib, ularning o‘rtasi-dagi uzviylikni amalga oshirish zarur. o‘qitishda kasbiy yo‘naltirilganlik orkali bo‘lg‘usi o‘qituvchi-larning g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy – ahlokiy etukligini, ixtisoslik fanlar tarkibidagi mutaxassislik fanlari ilmiy-nazariy tayyorgar-likni, psixologiya va pedagogika fanlarini o‘qitishda kasbiy sifatlar va kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlarini shakllantirish, psixologik-pedagogik tayyorgarlikni ilmiy- metodik tayyorgarlik bi-lan uzviy holda amalga oshirish orqali kasbiy tayyorgarlikni mos ravishda shakllantirish va orttirish nazarda tutildi. Download 56.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling