Qarshi davlat universitet
III Bob. “MANTIQ UT-TAYR” VA “LISON UT-TAYR” DOSTONLARI KOMPOZITSIYASIDA VALIYLAR OBRAZINING O`RNI
Download 126.95 Kb.
|
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari
III Bob. “MANTIQ UT-TAYR” VA “LISON UT-TAYR” DOSTONLARI KOMPOZITSIYASIDA VALIYLAR OBRAZINING O`RNI
3.1.Dostonlarning xususiyatini ochishda valiylar obrazining o`rni. Valoyati uzmo(buyuk) valiylarning eng buyuklaridan bo`lmish payg`ambarlarga taaluqlidir.F.Attor o`zining “Mantiq ut-tayr” asarida ollohga hamd keltirib,so`ng Hazrati Rasul Sallallahu alayhi va olihi vassallamning na`tida payg`ambarimizni shunday ta`riflaydilar: “Ey dunyo va din xojasi, vafo xazinasi, ikki olamning sarvari va to‘lin oyi bo‘lgan Mustafo. Ey shariat oftobi, e’tiqod osmoni, olam nuri, ikki olam rahmati. Poklarning joni uning pok jonining tuprog‘i. Jonni unga bag‘ishla, dunyo uning (yo‘lidagi) tuproq. Ikki dunyo xojasi va hammaning sultoni, jonning oftobi-yu, hammaning iymoni. Me’roj egasi va koinot boshlig‘i (sadri), Haqning soyasi, zot oftobining xojasi. Bu dunyo va ul dunyoning peshvosi, oshkoro va yashirin (narsalar) imomi.Anbiyoning eng ulug`i va eng yaxshisi, soflar va valiylarning rahnamosi. Islom maqdiysi va tariqat hadisi (yo‘lboshchisi), g‘aybning muftisi, juzv va kullning (yakkalik va umumiylikning) imomi. Nimaiki aytsam, barchasidan ulug‘roq xoja, u hamma narsada hammadan oldindadir. Haq taolo uni Arasot (qiyomat) xojasi deb aytdi. Ikkala olam vujudidan nom topdi. Arsh ham uning nomi bilan orom oldi (tinchidi). Olam xalqi xuddi saxovat dengizidan paydo bo‘lgan shabnamlar kabi u tufayli yaratildilar.Haq taolo ul pokiza nurni o‘z huzurida ko‘rgach, uning nuridan yuz nur dengizini yaratdi, mavjudotlar yaratilishidan maqsad uning nuri edi. Barcha ma’lum va mavjud narsalar uning asli (ildizi) edi.Haq taolo o‘zi uchun ul pok jonni, uning uchun esa jahonni yaratdi.Yaratilishdan maqsad faqat udir, undan pokroq zot mavjud emas. G’aybning qo‘ynidan avval paydo bo‘lgan narsa hech shubhasiz uning pok nuridir. Ul oliy nur bayroq tikkandan keyin Arshu Kursi va Lavhu Qalam ishga tushdi. Pok nuridan bir yalov - olamdir, yana bir yalov — zarralar (jismlar) bilan Odamdir. Bu muazzam nur oshkora bo‘lgach, u Ulug‘ Alloh huzurida sajdaga bosh qo‘ydi. Ming-ming yillar sajdada edi, shuncha davr ruku’da turgan edi. Yillar davomida qiyomga mashg‘ul edi, tamomi umr shahodat kalimasini qaytarardi. Bu sirlar daryosining namozi nuridan, jumla ummatga namoz farz bo‘ldi. Haq taolo ul nurni Quyosh va Oyday o‘z yonida uzoq saqlardi. Keyin Haqiqat daryosiga birdan ul nurni zohir etib, yo‘lladi. Ul nur sirlar dengizi yuzini ko‘rgach, unda izzat (ulug‘vorlik) va noz (ehtiyojsizlik)dan mavjlanish (jo‘shqinlik) paydo bo‘ldi. U talab bilan o‘z-o‘zining atrofida yetti marta aylandi va shu tufayli yetti osmon pargori (tsirkuli) paydo bo‘ldi. Haq taolo tomonidan unga har nazar tushganda, bir yulduz paydo bo‘ldi. Keyin ul pok nur orom oldi — oliy Arshga aylanib, Kursi deb ataldi. Arshu Kursi zotining aksini tiladilar (topdilar), farishtalar sifatlarini tiladilar (topdilar). Nafaslaridan (ruhlaridan) nurlar yuzaga keldi, fikrga to‘liq dilidan sirlar oshkora bo‘ldi. ,,Ruhning siri Haq Amri olamidandir, bilgin. Bas, ey ruh, nafas bilan odam ichiga kir!” — degan sado yangradi. Ul ruhlar (nafaslar) va sirlar yig‘ilgach, shu sababdin ko‘plab nur jam’ bo‘ldi. Ummatlar ham uning nuri tufayli yig‘ildilar, ul jamoa (ummatlar) kull (payg‘ambar) tomon beixtiyor intildilar. Odamlarning Alloh tomon jamlanishi, bir e’tiqodga kelishi uchun u qiyomatgacha mab’us (atrofiga ergashuvchilarni yig‘adigan) bo‘ldi. Da’vat bilan shaytonni islomga chaqirgach, shayton ham musulmon bo‘ldi. Parvardigor izni bilan jinlarni jinlar kechasida oshkora da’vat etdi.Qudsiy malaklarni ham rasul bilan o‘tkazdi. Hammasini bir kechada da’vat qilib yig‘di. U hayvonlarni da’vat qilishga kirishdi. Guvohlari echki bolasi bilan echkiemar edi. Butun olam butlarini ham da’vat qildi va hammalari uning oyog‘i ostiga yiqildilar.Ul pok zot jamiki zarralarni da’vat qildi. Hech bir anbiyo bu izzat va yuksalishni ko‘rmadi - biror-bir ummat uning da’vatidan bosh tortmadi. Uning nuri mavjudotning asli - mohiyati edi. Uning zoti har bir zotning matla’i edi. Ikki jahon da’vati unga vojib (zarurat) bo‘ldi, oshkora va yashirin zarralar da’vati ham.Juz’ va kull uning ummati bo‘ldilar — uning himmati xirmonidan don teradigan bo‘ldilar. Mahshar kuni amalsizlar uning shafoatiga muhtoj va intizordirlar. Hamma ishda u ustoz edi.U hech qachon dunyolikdan hech narsaga qiziqmagan, narsa uchun yig‘lamas edi ham.Barcha mavjudot uning e’tiboridadir, barcha maqsadlar uning roziligi ostidadir.Har joyda olamning siri udir, har bir dilxasta qalbiga malham ham u.Uning xosiyati shu darajada ulug‘vorki, bunday ulug‘vorlikni biror kimsa tushida ham ko‘rolmaydi. O’zini kull (umumiy) ko‘rdi va kullni o‘zi deb bildi, orqadagini ham, oldinni ham ko‘ra bildi. Haq taolo payg‘ambarlikni u bilan yakunladi — xatm etdi. - Mo‘jiza, xushxulqlilik va futuvvatni ham u bilan oxiriga yetkazdi. Da’vatini xoslar va avomga buyurdi, o‘z ne’matini u bilan tugatdi. Kofirlarga azob ichra muxlat berdi, uning zamonida. Uning hashamati panohida qolgan payg‘ambarlar ummatiga ham yashash imkonini berdi. Tun yarmida uni me’roj sari yo‘lga boshladi, kullning sirini u bilan yashirin yubordi. Izzat va sharaf ichra ikki qibla edi, uning soyasiz soyasi. Haq taolo unga eng ulug‘ kitob yubordi, ham kullning kullini hisobsiz topdi. Payg‘ambarlar ehtiromi uning me’rojida. Muhammad ularga peshvou sarvar. U ummatlari orasidagi olimlar bamisoli nabiylarday. Uning ishlarining ehtiromu e’tirofi Tavrot va Injilda tilga olingan. Tosh undan yuksalish qadrini topdi, u yaminalloh - Allohning o‘ng tomoni ramziy xil’atini topdi. Hurmati yuzasidan uning tuprog‘i qiblaga aylandi. Ummatida masxu nasx yo‘q. Uning tufayli butlar yiqildi, uning ummati ummatlarning eng yaxshisi. Qurg‘oqchilik yilida qurigan quduq u tufayli zilol suvga to‘ldi, oy uning barmog‘idan yorildi, quyosh uning farmonidan tashqari emas.Uning yelkalari orasida payg‘ambarlik muhri quyoshday porlab turibdi. Ka’ba u tufayli Baytulloh sharafini topti - unga yo‘l topgan kishilar omonlik topti. Jabrail uning qo‘lidan xirqa kiydi va jubba libosida oshkora bo‘ldi. Tuproq uning zamonida kuch topdi -ham masjid bo‘ldi va Tur tog‘i izzatini qozondi. Har bir zarraning siri unga ayon edi, savod-u daftar o‘qimay barcha narsalar mohiyatini bildi. Haq tili uning tili bo‘lgach, bas, zamonasining eng yaxshisi (a’losi) udir. Oxirgi nafasigacha, uning shavqi - istagi Allohdan savol qilardi. Sirlar - roz dengizida qalbi bexud bo‘lgach, uning to‘lqini namozda sel bo‘lib oqardi. Uning qalbi tubsiz dengiz bo‘lganidan, bu chuqur dengiz ko‘p to‘lqinlangach, ey Bilol, azon ayt, toki bu tang xayoldan chiqayin, deb aytardi. Bunday holdan holga ko‘chishlarda agar aqlni ishlatsang, yuz jondan bir jon qolmagay. Uning xilvatida aqlga yo‘l yo‘q, ilm ham bu voqeadan ogoh bo‘lolmaydi. Xilvatda u Halil (Ibrohim) bilan bazm quradi, agar o‘tda kuysa, Jabrail ham unga yaqinlasholmaydi. Jonining Simurg‘i oshkoro bo‘lgach, Muso dahshatdan musichaga o‘xshab kichrayib qoladi. Muso ul janob (Muhammad mustafo)ning bisotiga (doirasiga) kirdi (Me’roj vaqtida hazrat Musoning ul zotga tazim qilganiga ishora). Zul-jalol sha’mining me’rojida Bilol kovushlarining ovozini eshitardi, Imron o‘g‘li Muso agarchi shoh bo‘lsa ham, ammo sajdagohga kovushlari bilan borishiga unga ruxsat yo‘q edi. Bu inoyatni ko‘rki, uning mansab-darajasini Haq Uning dargohi xizmatkoriga nasib etdi. Uning chokari — xizmat-koriga o‘z dargohini ochdi, kovush bilan o‘z huzuriga kirishga ruxsat berdi. Muso bu martabani ko‘rgach, uning xizmatkorida bunday qadru qimmat, yaqinlikni ko‘rgach, dedi: Yo Rab, meni uning ummatidan qilgin, uning himmati himoyasiga kirgiz meni! Garchi Muso bu hojatni tilagan bo‘lsada, ammo bunday oliy maqom Isoga nasib bo‘ldi. Ko‘nglida bu xilvatni (osmonni) tark etib, xalqni Muhammad diniga da’vat qilish fikri paydo bo‘ldi. To‘rtinchi osmondan yerga tushish, Muhammad oyog‘i ostidagi tuproqqa yuzini qo‘yib, jonini unga bag‘ishlashga chog‘landi. Nomi ulug‘ Maseho Muhammadning xabarchisi bo‘ldi, shuning uchun uni Alloh Mubashshar deb nomladi.Agar birov: ,,Shunday bir odam bo‘lsaki, u bu jahondan ketib, yana qaytib kelsa, bizning mushkillarimizni bir-bir hal etsa, toki dilimizda hech shak qolmasaydi” deydigan bo‘lsa, (bilgilki), bu olamda Muhammaddan boshqa hech bir boshqa zot qaytib kelmadi. Hech kim u kabi qalban ko‘radigan tug‘ilmadi, u kabi donolik darajasiga yetmadi.U - sultondir, boshqalar u tufayli (yaratilgan), u - shahanshoh, boshqalar esa uning raiyati. Bamisli “laamrak” boshiga toj bo‘ldi, xalq uning eshigi yo‘lida tuproq bo‘ldi. Uning sochining hididan jahon mushk hidiga to‘ldi, dengiz uning ishtayoqida chanqadi (qirg‘oqlarga bosh urdi).Uning diydoriga tashna bo‘lmagan kim bor? ”. Endi A.Navoiyning “Lison ut-tayr”dostonida bu dostonga baxtiyorlar payg'ambari vasfi bilan sarlavha go'ymoq va gunohkorlar homiysi madhi bilan ziynat bergani haqida : “ U nabilar sarvari va payg'ambarlar sultoni bo'lib, uning tufayli ulug' va mayda narsalar yaratilgandir.U Odam Atodan ham ilgari mayjud bo'lib, ham nabi, ham sirlar ogohi edi.U olti kunda yaratilgan olamdan burun ham nur holida bor edi. Bu shunday nurki, u yuz izzat va sharaf egasidir.U — ma'shuq, Yaratuvchi — ishqivoz edi.Alloh Bulbasharni yaratguniga qadar, bu nur uzoq yillar Haq nazaridan bahramand edi. Bul bashar vujudi yaratilganda, uning yuzi shu yulduz nuridan kamol topdi. Bu nur havoga o'tganida, uning manglayi porloqligidan Quyosh hijolat chekardi. Shish payg'ambar vujudi shakllanganida, bu quyosh uning manglayida balqidi. So'ng bu nur uning suyukli mahbubasiga va undan farzandiga o'tdi. U bu sharafli nurni jufti haloliga yetgizgach, shunday gavharga u o'z vujudini sadaf qildi. Ana shu qabilda bu nurni bir-birlariga o'tkazar edilar. Nihoyat bu nur Abdullohga yetib keldi. U ham shu yo'sinda nurni uzatganida, xonadoni shu nur bilan yoridi. Nihoyat shu uyda quyosh balqib, u farzand chehrasida payg'ambarlik nuri zohir bo'ldi. Bu nur emas, Haq Taolloning o'z soyasi bo'lib, uning martabasi Quyoshdan ham yuksaldi. Din bayrog'i oftobdek ko'tarilgach, kufr zulmati undan bartaraf bo'ldi. Bu quyosh Bayt ul-haramdan chiqib, falakdan ham oliyroq martabaga erishdi. Bu yulduz nuri Makkada ko'ringach, barcha butlar tuproqqa bosh qo'ydilar. Kofirlardan kim bo’lsa, yuz tuban tushdi. Din bayrog'i falakdan yuqori yuksaldi, shariat tig'i qilichdan ham keskirroq bo'ldi. Uning ta'bi payg'ambarlikka qat'iy mayl qo'ygach, dini boshqa barcha dinlarni bekor qildi. Ra'yi mo'jiza shamini ko'rsatganda, uning yolqinidan koinot ravshan bo'ldi. Lotning o'z nuqsoniga yarasha holi xarob bo'ldi. Kofirlarga Allohdan boshqa Alloh yo'qligi ma'lum bo'ldi. Shundan boshlab xalqqa Allohdan boshqa Alloh yo'qligi fasohatli tili bilan bayon etdi. “Allohdan boshqa Alloh yo'q” degan gapni atrof-tevarakka yuborgan. Alloh payg'ambarining o'zidir. Zoti olam qutichasidagi toza durdir, balki u haqdan olamga yuborilgan Alloh rahmatidir. Uning o'zi pok, xotinlari pok, avlodlari pokdir: zoti pok, suhbatdosh izdoshlari pok va yaqinlari pokdir. Olam ahlidan to Qiyomat kunigacha unga, pok avlodi va izdoshlariga, so'ngra xizmatchilari va do'stlariga ham har lahza yuz maqtov va ming salomlar bo`lsin! Download 126.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling