Qarshi davlat universitet


CHAHOR YORLARNING JON FIDO QILISHDAGI ITTIFOQI


Download 126.95 Kb.
bet17/19
Sana09.01.2022
Hajmi126.95 Kb.
#265556
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
«Mantiq t tayr» va «Lisonu t tayr» dostonida valoyat talqinlari

CHAHOR YORLARNING JON FIDO QILISHDAGI ITTIFOQI

Xoh Ali bo‘lsin, xoh Siddiq bo‘lsin, har birining joni Allohyi taolo zikru fikriga cho‘mgan edilar. Agar Mustafo sallallahu alayhi vassallam bilan g‘orda Abubakr bo‘lsa, Murtazo kechalari payg‘ambar yonida uxlardi, toki bu ulug‘ insonning joniga ziyon yetmasin deb, jonini unga bag‘ishlagan edi. Siddiqham g‘orda Mustafo yori bo‘lib, jonini joniga tikkan edi. Har ikkalasi Payg‘ambar uchun jonbozlik ko‘rsatardilar, uni asrab joniga jon bilan hamdam bo‘ldilar. Sen ana shunga taassub qil (shundan o‘rnak ol), ularning mardligini qara va ibrat olginki, har ikkisi Jononga jon bag‘ishladilar. Agar sen ham mard bo‘lsang, ana shu mardlar qilgan ishni qil, ular kabi jon bag‘ishlashni fikr qil yoki jim turib, o‘zga fikru andeshadan voz kech. Ey o‘g‘il, sen Ali yo Abubakrni bilasan, biroq Alloh, aql va jondan bexabardirsan. Sen bu behuda voqealar, gaplarni bahridan o‘tib, Robia kabi kecha-kunduz Haqning oshig‘i bo‘lgin. U bitta ayol edi, yo‘q-yo‘q, u yuzta erkakdan afzal edi. Oyog‘i uchidan to boshining farqigacha dard edi, dard! Undan birov so‘radi: “Ey ohu nolasi qabul bo‘lgan zot, sen Rasululloh yorlari haqida nima deysan?” Dedikim: “Men Haq (Yor) yodidan o‘zimga kelolmasman, qanday qilib yorlardan xabar berayin. Jon-dilim Haqyodida mahv bo‘lgandan keyin, xalqyodi bilan nima ishim bor. Men shundaymanki, joynamoz ustida sajdaga borganda ko‘zimga tikan kirib qolib, yerga qon oqdi, ammo men o‘z qonimdan bexabar edim, ana shunday dardi bo‘lgan kishining odamlar bilan kancha ishi bor. Haqni taniydigan bo‘lganimcha, boshqalarni qiyos qilib tanirdim, endi tanimasman”. Sen bu yo‘lda Alloh ham, Rasul ham emassan, bu raddu qabul (inkor va tasdiq)dan qo‘lingni tort. Birovlarning ishiga aralashish, ajratish va qo‘shishlar, tasdiq va inkorlardan pok bo‘l, sen bir hovuch tuproqsan, bu yo‘lda (Haq yo‘lida).

Navoiy valiylar madhini berishda payg`ambarlarni namuna qilib ko`rsatadi.
Yusuf otadan ajralgandan keyin, otasi Ya’qub uning firog‘ida ko‘zi ko‘r bo‘ldi. Ko‘zlaridan qonli yosh oqardi, Yusuf nomi tilidan tushmasdi. Jabrail alayhis salom Ya’qubning oldiga kelib, dedi: - Agar bundan keyin yana Yusuf nomini takrorlasang, nomingni mursal payg‘ambarlar qatoridan o‘chiramiz. Haq amri shunday bo‘lgandan keyin Yusuf nomi tilidan yo‘qoldi. Yusuf nomi garchi suyanchig‘i edi, ammo bu nom tilidan ketib, dilidan mustahkam joy oldi. Bir kecha Yusufni tushida ko‘rdi, uni o‘z oldiga chaqirmoqchi bo‘ldi. Biroq Haq farmoni esiga tushdi, ojizu aftoda bo‘lsa ham tilini tiydi. Ammo toqati tugab, dilidan dardli oh chekti. U uyqusida joyidan qo‘zg‘olganda, Jabrail kelib, dedi: - Alloh deydiki, Yusuf nomini tilga olmagan bo‘lsang ham, lekin dardli oh chekting, sening ohingning sababi kimligini bilaman. Sen haqiqatda tavbani yengdirding, endi foydasi yo‘q. Aql bu ishda sudu savdo (foyda-zarar) bilan ish ko‘radi, ammo qara, ishq bizni ne ko‘ylarga soladi...

Farididdin Attor Shundan keyin boshqa qushlar ham birin-ketin o‘z uzrlarini bayon qila boshladilar. Har biri nodonlikdan bir uzr-bahona keltirardi, hech kim (uy)ning to‘ridan gapirmadi.

Yusuf otadan ajralgandan keyin, otasi Ya’qub uning firog‘ida ko‘zi ko‘r bo‘ldi. Ko‘zlaridan qonli yosh oqardi, Yusuf nomi tilidan tushmasdi. Jabrail alayhis salom Ya’qubning oldiga kelib, dedi: - Agar bundan keyin yana Yusuf nomini takrorlasang, nomingni mursal payg‘ambarlar qatoridan o‘chiramiz. Haq amri shunday bo‘lgandan keyin Yusuf nomi tilidan yo‘qoldi. Yusuf nomi garchi suyanchig‘i edi, ammo bu nom tilidan ketib, dilidan mustahkam joy oldi. Bir kecha Yusufni tushida ko‘rdi, uni o‘z oldiga chaqirmoqchi bo‘ldi. Biroq Haq farmoni esiga tushdi, ojizu aftoda bo‘lsa ham tilini tiydi. Ammo toqati tugab, dilidan dardli oh chekti. U uyqusida joyidan qo‘zg‘olganda, Jabrail kelib, dedi: - Alloh deydiki, Yusuf nomini tilga olmagan bo‘lsang ham, lekin dardli oh chekting, sening ohingning sababi kimligini bilaman. Sen haqiqatda tavbani yengdirding, endi foydasi yo‘q. Aql bu ishda sudu savdo (foyda-zarar) bilan ish ko‘radi, ammo qara, ishq bizni ne ko‘ylarga soladi..


Download 126.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling