Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini
Download 2.33 Mb.
|
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.
R.D.Shodiyev
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, p.f.d., professor I.B.Kamolov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, p.f.f.d. (PhD), professor SH.U.Nurullayeva Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, p.f.d. (DSc), professor KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahonda ta’lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli yangilanishlarda pedagogik mehnat sharoitini zamonaviy texnologik jarayonlar va vositalar orqali takomillashtirish tendensiyasi ustuvorlik qiladi. Pedagogik mehnat jarayonining serqirraligi, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi hamda voqelik bilan o‘zaro pedagogik munosabatlarning muayyan vaziyatlarida universal faoliyat usullaridan foydalanishga ongli munosabatni shakllantirishning dolzarbligi nuqtai nazaridan pedagogik mehnat faoliyatini ilmiy tashkil etish muammosi bir qator tadqiqotlar obyekti sifatida o‘rganilmoqda. Jumladan, xalqaro miqyosda UNESCO International Institute for Educational Planning tomonidan ta’lim subyektlari – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatlarini rejalashtirish, boshqarish ko‘nikmalarini texnik vositalar hamda ta’limiy dasturlar vositasida rivojlantirish muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyoda rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan pedagogik ta’lim muammosining asosini o‘qituvchilar kompetentligini shakllantirish, pedagogik mehnat jarayonini texnik va texnologik jihatdan takomillashtirish, pedagogik faoliyat samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish, pedagogik mehnatni tashkil etishning asosiy yo‘nalishini tarkib toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik mehnat jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, mazkur jarayonni tashkil etish shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish pedagogikaning, iqtisodiyotning hamda boshqa ijtimoiy sohalarni rivojlantirishning yetakchi muammolaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiy sohani innovatsion rivojlantirish sharoitida pedagogik mehnat to‘g‘risidagi nazariy va amaliy tasavvurlarni o‘zgartirib, jamiyat faoliyati rivojining mutlaqo yangi asoslari ishlab chiqilishi taqozo etilmoqda. Pedagogik mehnat jarayoni va uni tashkil etish mamlakat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish sharoitida muhim pedagogik va iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u muntazam ravishda tadqiq etish va aniqlashni talab qiladigan ko‘p qirrali tushunchadir. Bundan kelib chiqadiki, jamiyatning barcha iqtisodiy va ijtimoiy muammolariga mehnat jarayoni tushunchasi nuqtai nazaridan yondashish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmonlari, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli, 2019-yil 16-yanvardagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4119-son qarorlari hamda pedagogik faoliyatni tashkil etish va rivojlantirishga oid boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling