Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini


Tadqiqot mavzusining dissertatsiya bajarilgan ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 2.33 Mb.
bet5/33
Sana19.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1786381
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023

Tadqiqot mavzusining dissertatsiya bajarilgan ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Qarshi davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq «Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish» amaliy loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi – talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish metodikasini mazmunan takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
mehnat resurslarini tashkil etish hamda boshqarish jarayoni tuzilmasi, tamoyillari va komponentlarini aniqlashtirish;
talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish jarayonining funksional modelini takomillashtirish;
pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatishning takomillashtirilgan metodikasini ishlab chiqish;
ergonomik me’yorlar hamda pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish metodikasiga doir pedagogik dastur hamda metodik ta’minotni ishlab chiqish hamda pedagogik eksperiment davomida samaradorligini aniqlash.
Tadqiqotning obyekti sifatida talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish jarayoni belgilab olindi.
Tadqiqotning predmetini bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga doir ko‘nikmalarni shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda nazariy tahlil, kuzatish, so‘rovnoma, anketa-test, suhbat, pedagogik eksperiment, pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish ko‘nikmalarining shakllanganligini baholash metodikalari hamda matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘qituvchi faoliyatining intellektual va biologik funksiyalar uzviyligidagi vazifalari pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishning texnologik, ergonomik va fiziologik aspektlariga doir empirik tajribalarning amaliy vektoriga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish jarayoni funksional modelining strategik bloki vaqt sarfini algoritmik ichki harakat rejasi asosida minimizatsiyalash, mehnat sharoitlaridan profstandarlarga ko‘ra optimal foydalanish kabi obektiv qonuniyatlar asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish metodikasi kasbiy potensialni va hayotiy pozitsiyani mustahkamlashga qaratilgan kouching strategiyadan konstruktiv, komporativ va aksiologik yondashuvga asoslanuvchi nazariy tayyorgarlik, amaliy tayyorgarlik va refleksiya bosqichlarida foydalanish orqali takomillashtirilgan;
o‘qituvchiga ergonomik me’yorlar asosida mehnat shart-sharoitlarini yaratish mexanizmlari “Inson – AKT – muhit” modelini loyihalashtirishda pedagogik mehnat gigiyenasi talablari (yoritish, havo almashinish, isitish, sovutish tizimlari) hamda antropometrik meyorlar (mehnat jihozlarining hajmi, og‘irligi balandligining inson vazni, bo‘yiga mosligi)ga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling