O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Fizika yo’nalishi
4-kurs 016-44 guruh talabasi
DOLIYEV SUXROBning
KONDESRLANGAN XOLAT FIZIKASI FANIDAN
Bajardi: Doliyev S.
Qabul qildi: Ajabov A.
Qarshi - 2020
QATTIQ JISMLARNING POTENSIAL ENERGIYASI
REJA:
KIRISH
Qattiq jism atomlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari
Potensial energiya turlari
Kristal jismlarning potensial energiyasi
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Qattiq jismlar ma’lum shaklga va hajmga ega bo‘lishlari bilan harakterlanadi. Qattiq jismlar bir-biridan ichki tuzilishi jihatidan batamom farq qiluvchi kristall va amorf jismlar ko‘rinishida uchraydi. Lekin hozirgi zamon fizikasida qattiq jism deganda kristall jismlar nazarda tutiladi, amorf jismlar o‘ta qovushqoq suyuqlik sifatida qaraladi.
Qattiq jismlar asosan kristall holatda bo‘ladi. Kristall jismlarda atom yoki molekulalar bir-biriga nisbatan ma’lum bir tartibli vaziyat egallab joylashadi. Buning oqibatida kristallning tashqi ko‘rinishi ma’lum geometrik shaklga ega bo‘ladi.
Agar kristall tarkib topgan zarralarni bir-biriga to‘g‘ri chiziq bilan tutashtirsak, fazoviy yoki kristall panjara deb ataladigan panjara hosil bo‘ladi. Kristallning ayrim zarralari panjarani hosil qilgan chiziqlarning kesishgan nuqtalarida – panjara tugunlarida joylashgan bo‘ladi. Bu zarralar musbat va manfiy ionlar, netral atom va molekulalar bo‘lishi mumkin. Masalan, osh tuzi kristall panjaralarining tugunlarida musbat natriy () va manfiy () ionlari (1-rasm), metall kristallar ( va hakozo) ning panjara tugunlarida metall atomlarining musbat ionlari, olmos, germaniy, kremniy kabi kristallarning panjara tugunlarida neytral atomlar joylashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |