Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 0.68 Mb.
|
2 5339021421286786741
Jismlar eriganda tashqaridan issiqlik miqdori olsa, kristallanishda tashqariga issiqlik miqdori chiqaradi. Kristallanishda chiqarilgan issiqlik miqdori erish issiqligiga teng. Erish temperaturasi tashqi bosimga bog‘liq. Normal atmosfera bosimida moddaning erish temperaturasi shu moddaning erish nuqtasi deyiladi. Erish vaqtida hajmi kattalashadigan moddalarning erish temperaturasi tashqi bosim ortishi bilan ortadi. Erish vaqtida hajmi kichrayadigan ba’zi moddalarning, jumladan, muz, vismut, cho‘yan kabi moddalarning erish temperaturasi tashqi bosim ortishi bilan pasayadi. Bunday moddalarning eriganda siqilishining sababi, ularning kristall panjaralarida bo‘shliqning ko‘pligidadir. Ular eriganda bo‘shliqlar shu moddaning molekulalari bilan to‘ladi va natijada zichlik ortadi. Ikki yoki bir necha qattiq jismlardan iborat aralashmalar qotishmalar deb ataladi. Qotishmalar ajoyib xossaga ega. Ularning erish nuqtasi qotishma tarkibidagi eng oson eruvchi moddaning erish temperaturasidan ham hamma vaqt past bo‘ladi. Masalan, qalay va qo‘rg‘oshindan iborat qotishmani ko‘raylik. Bu qotishma da eriydi, holbuki qo‘rg‘oshinning erish temperaturasi , qalayning erish temperaturasi esa . Oson eruvchan qotishmalar texnikada keng qo‘llaniladi. Masalan, bosmaxona ishlarida stereotiplar tayyorlashda, saqlagich tiqinlarini tayyorlashda va shu singari joylarda ishlatiladi. Qotishmalarning sof metallar ega bo‘lmagan boshqa muhim xossalari ham bor. Masalan, ularning elastikligi, qattiqligi, qovushqoqligi, mustahkamligi katta bo‘ladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling