Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 137.3 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2020
Hajmi137.3 Kb.
#107158
  1   2
Bog'liq
2 5330166749205628596


O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Fizika yo’nalishi

4-kurs 016-44 guruh talabasi

OMONOVA AZIZAning

KONDESRLANGAN XOLAT FIZIKASI FANIDAN

Bajardi: OMONOVA A.



Qabul qildi: Ajabov A.

Qarshi - 2020

QATTIQ JISMLARNING MAGNIT XOSSALARI

REJA:

KIRISH

ASOSIY QISM

  1. Magnit domenlari

  2. Ferromagnit, paramagnet va diamagnit moddalar

  3. Gisterezis hodisasi

Xulosa

Adabiyotlar ro’yxati

KIRISH

Qattiq jismlarning ayrim muxim xossalari hamda ularni tavsiflaydigan asosiy tushunchalar to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

Qattiq jismlar ularni tashkil qilgan zarralarning joylashish tartibiga asoslanib kristall va amorf jismlar guruhlariga ajraladi. Amorf jismlarni (masalan, shishani) tashkil qilgan atomlar (ionlar, molekulalar)ning joylashishida qat’iy bir tartib yo‘q. Bundan ularning fazalarini o‘zgartirishida (masalan suyuqlanishida) qat’iy o‘tish nuqtalari (suyuqlanish haroratlari) mavjud bo‘lmasligi kelib chiqadi: amorf jismlar bir holatdan ikkinchi holatga uzluksiz o‘tib boradi. Ammo, kristall jismlarni tashkil qilgan atom (ion, molekula)lar joylashishida muayyan tartib mavjud: ma’lum yo‘nalishlarda har qanday ikki qo‘shni atom oralig‘i bir xil. Shuning uchun ham kristall holatdagi qattiq jismlarning fazalarini o‘zgarishi (suyuqlanish, qotish va hakozo) qat’iy muayyan haroratda va bosimda sodir bo‘ladi.

Domenlar nazariyasi. Tajribalarning ko'rsatishicha, ba'zi ferro-magnetiklar tashqi maydon bo'lish-bo'lmasligidan qat'iy nazar, o'z-o'zidan magnitlanib qolish xususiyatiga ega bo'ladilar. Bu hodi-sani tushuntirish uchun fransuz fizigi P.Veys (1865—1940) do­menlar nazariyasini olg'a surdi. Ushbu nazariyaga muvofiq, ferro-magnit — juda ko'p miqdordagi kichik mikroskopik sohalar — do-menlarga ajratilib, ular o'z-o'zidan magnitlanadilar (164- rasm). Tashqi magnit maydon bo'lmaganda domenlarning magnit momen­tlari ham betartib joylashgan bo'lib, bir-birlarini yo'qotadilar. Ta­shqi maydonga kiritilganda esa maydon alohida atom va molekulalar-ni emas, balki domenlarni maydon bo'ylab yo'naltiradi. Aynan shu sababli maydon kuchlanganligi ortishi bilan magnitlanish juda tez ortadi (163- rasm). Domenlar o'z-o'zidan maydon bo'ylab joyla­shib qolishi mumkin.

J Axborotlarni magnit usulida yozish. Ma'lumotlarni saqlash va uzatish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa tovushni va tasvirni yozib olish, so'ngra esa qayta eshitish va ko'rish bugungi turmush tarzimizning ajralmas bir qismi bo'lib qolgan. Bularning hammasi qanday qilib amalga oshiriladi. Yozib olish magnit lentalari yoki disklaridagi magnit tayoqchalarining tashqi maydon ta'sirida ma'lum tartibda joylashib qolishiga asoslangan. Eshitish, ko'rish yoki o'qish uchun esa ular yana qaytadan maxsus vositaga ta'sir ko'rsatadi va o'sha magnit tayoqchalarining joylashuviga xos bo'lgan signallar qayta tiklanadi. Bu jarayonni yaxshiroq tasawur qilish maqsadida magnitofonning ish prinsipi bilan tanishaylik(167-rasm).Tovush to'lqinlari mikrofonda elektr tebranishlariga aylantiriladi va kerakli darajagacha kuchaytirilib yozish kallagi (YoK) deyiluvchi elektromagnitga uzatiladi. Elektromagnitdan (YoK dan) o'tgan tok uning atrofida tovush to'lqinlariga xos bo'lgan magnit maydonini hosil qiladi. Bu magnit maydoni esa YoK yonidan o'tayotgan magnit lentasidagi magnit tayoqchalarini ma'lum yo'nalishda joylashtirib qo'yadi. Bu jarayon 168-rasmda ko'rsatilgan. Magnitofon dvigateli yordamida harakatlanayotgan magnit lentasi elektromagnit yonidan o'tmoqda.

Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz beradi: magnit -langan lenta eshittiruvchi kallak (EK) yonidan o'tib, unda elektr




signallarini hosil qiladi. Ular esa kuchaytirilib, tovush to’lqinlariga aylantiriladi va eshittiriladi.

Magnit lentasi polixlorvinil yoki boshqa moddalardan ishlangan yumshoq asosdan iborat. Unga magnitlanadigan ishchi qatlam surka-ladi. Bu qatlam ferromagnit moddalardan juda agnet ninachalar (agnet tayoqchalari) tarzida ishlangan zarralardan va ularni bog’lovchi moddadan iborat bo’ladi.

Ma’lumotlarni yozishning barcha usullari yuqorida bayon qilin-gan prinsipga asosan ishlaydi. Faqatgina qo’yilgan maqsadga va fan yutuqlarining qaysi darajadagi natijalaridan foydalanilishiga qarab ularning sifati, imkoniyatlari ham turlicha bo’ladi.



Download 137.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling