Mirziyoеv SH.. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda
19
1.2 Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tushunchasi va maqomini aniqlash uchun
avvalambor “huquq sub’ekti” va “fuqarolik huquqi sub’ekti” tushunchalarining
mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo‘ladi. Huquq sub’ekti keng huquqiy
kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq
va majburiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari
kiradi. O‘z navbatida har bir huquq tarmog‘ining o‘z sub’ektlari (davlat huquqida
– saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqida - ish beruvchi va xodim,
moliya huquqida - soliq to‘lovchi va soliq organi, jinoyat protsessual huquqida II
BOB. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari surishtiruvchi,
tergovchi, gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi va h.k.) bo‘lganidek, tadbirkorlik
huquqining ham o‘z sub’ektlari bor.
Fuqarolik huquqining barcha sub’ektlari yagona “shaxslar” degan umumiy
nom bilan ifodalanadi. “SHaxslar” ham o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: